Boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma rahbari : _____________________ _____________ tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining B AYONNOMASI № ___
“_____” avgust 20 ____ yil _______________
Yig‘ilish raisi:_______________
Yig‘ilish kotibi: _______________
Yig‘ilishda qatnashdi: O‘IBDO‘ va metodbirlashma a’zolari
Kun tartibidagi masalalar: 1. Boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining 20___-20___ o‘quv yilida amalga oshirgan ishlari va yangi 20___-20___ o‘quv yilidagi vazifalari
2. Fan o‘qituvchilarining taqvim–mavzu rejalari, o‘zgartirilgan va yangilangan darsliklar muhokamasi
3. 1-sinflarda informatika fanining o‘qilishi
Eshitildi: Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi ________________ so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida o‘quv yili davomida ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar samarasi va erishilgan natijalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Yangi 20__-20__ o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib chiqdi. 20__-20__ o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar maqsad va vazifalar xususida metodbirlashma a’zolari bilan o‘zaro fikr almashinib, ularning yil davomida amalga oshiriladigan ishlarining rejalari haqida ham so‘z yuritdi. Bundan asosiy maqsad shuki, maktabimiz o‘quvchi-yoshlarining ta’lim olish jarayonida ularning fanga qiziqishlarini oshirish hamda bilim va ko‘nikmalarini shakillanishida va iqitodlarini yuzaga chiqarishda ham filologiya ham nazariy ko‘maklashishdir. Shuningdek, q‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillash va ma’naviyatini yuksaltirish” maqsadida ta’lim maskanida har bir fan o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan to‘garak faoliyatlarini qiziqarli va muntazam tarzida olib borishliligi haqida ham so‘z yuritdi. Metdbirlashma a’zolari tomonidan, o‘quv yili davomida faoliyat olib boriladigan to‘garaklar, maktabda o‘tkazilib kelinadigan “Ma’naviy va ma’rifiy” tadbirlarda faol qatnashib, to‘garak jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini tadbiq etib borishlari hamda badiiy tadbirlar davomida faol ishtirok etib boradigan iqtidorli o‘quvchilar maktab ma’muryati hamda fan o‘qituvchilari tomonidan munosib darajada rag‘batlantirib borilishi ham ko‘zda tutdi. O‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlarda bir-birlariga ko‘maklashishlari va oldilariga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni o‘z vaqtida namunali tarzida bajarib topshirishlari aytib o‘tdi.
Muzokaraga _________________ fani o‘qituvchisi _______________ va _____________ fani o‘qituvchisi _______________lar yuqoridagi fikrlarni ma’qulladilar.
2-masala yuzasidan ____________ fani o‘qituvchisi _______________ so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida taqvimiy mavzu rejalarda, murakkab mavzularda optimallashtirib 2 soat o‘tish mumkinligini aytdi. Darslar taqsimoti va sinflar bo‘yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi keng jamoa o‘rtasida va maktab direktori ____________, O‘IBDO‘ __________ uslubiy birlashma rahbari _____________lar tomonidan ko‘rib chiqildi, metod birlashma rejasi sinflar bo‘yicha fanlardan taqvim mavzu rejalari tasdiqlanish to‘g‘risida kelishildi. Muzokarada fan o‘qituvchilaridan yuqori toifali o‘qituvchilar so‘zi tinglandi. Darslar taqsimotida o‘tgan o‘quv yili davrida yaxshi faoliyat ko‘rsatgan mahoratli o‘qituvchilarga darslar ko‘proq berilishi aytib o‘tildi. O‘quv dasturlari va darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar, yangi nashrdan chiqqan darsliklar va darslik ichida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ma’umot berib o‘tdi. Fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning zamonaviy usullari hamda fanlarni o‘qitilishida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darslarni ko‘rgazmali qurollar mavzuga oid slayd va video roliklar asosida tashkil etilishi yuzasidan takliflar berib o‘tdi.
3-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi _______________ so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 15-may kungi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 125-sonli buyrug‘iga asosan, Respublika ta’lim markazi bir hafta muddatda 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritilganligi, shuningdek, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari fani”ni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqilganligi, 2023-yilning 25-avgustiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘qituvchilarga sertifikat berilishini atyib o‘tdi.