Vazirlikning ustuvor vazifalari



Yüklə 171,27 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü171,27 Kb.
#179681
1   2   3   4   5   6   7
boshlang\'ich ta\'lim metodbirlashma 2023-2024

Xalq ta’limi vazirining
2 022-yil 5-dekabrdagi
372-sonli buyrug‘iga
2-ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risidagi
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktabi metodbirlashmasining maqsadi, asosiy vazifalari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Metodbirlashma -bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (keyingi o‘rinlarda umumta’lim maktablari) da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
3. Metodbirlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, umumta’lim maktabining ustavi va ushbu nizomga amal qiladi.
4. Mazkur nizom talablari barcha davlat umumta’lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.


2-bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari
5. Metodbirlashmaning maqsadi o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan o‘qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o‘quv fanlarni o‘qitish uslublarini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga ko‘maklashadi.
6. Metodbirlashmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘qituvchilarga fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi;
o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA -15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS -boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushuntirish darajasini baholash, TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) tayyorlash uchun yuqori tashkilotlardan kelgan qo‘shimcha materiallar bilan fan o‘qituvchilarini ta’minlaydi;
o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga ko‘maklashadi;
“onlayn metodik yordam” bo‘yicha o‘tkaziladigan har xil seminar va uchrashuvchilarda tegishli fan o‘qituvchisining ishtirok etishini maktab rahbariyati bilan birgalikda ta’minlaydi;
ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagog xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha tavsiya beradi;


TASDIQLAYMAN”



Yüklə 171,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin