Semirishga qaror qilinsa, unda yomon odatlardan butunlay voz kechishga to’g’ri keladi. Ular ichida eng mashhur ikkitasi:
Chekish
Tamaki chekish ishtahani pasaytiradi va ayni paytda organizmdagi modda almashinuvi jarayonlariga start beradi. Bu holda organizm ishlay boshlaydi, lekin qayta ishlashga hech narsa bo’lmaydi. Zaharlanish natijasida kishi kam va oz miqdorda ovqatlana boshlaydi, natijada ozg’inlik yuzaga keladi. Ushbu salbiy ta’sir nikotin keltiradigan zararning bittasi, xolos.
Alkogol
Qanchalik hayratlanarli bo’lmaslin, alkogolli ichimliklar juda serkaloriya bo’ladi, ammo ular sog’lom vazn yig’ishga yordam bermaydi. Alkogol «puch» oziq-ovqat hisoblanadi, ya’ni organizmga kiradigan kaloriyalar o’zida hech qanday oziqa moddasi saqlamaydi. Bundan tashqari, ular juda uzoq vaqt davomida qayta ishlanadi. Kuchli alkogolli ichimliklar metabolizmni deyarli ikki barobarga sekinlashtiradi va oshqozon, jigar, me’da osti bezining funktsional qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Barqaror ravishda vazn olib borish uchun taomnomaga quyidagi mahsulotlarni kiritishni unutmaslik kerak:
Tovuq go’shti, tuxumi;
Dukkaklilar, donlar (jo’xori, bug’doy va boshqalar);
Kartoshka;
Baliqlar;
Guruch, makaron;
Sut va sut mahsulotlari;
Barra meva va sabzavotlar (banan va uzum semirishda eng yaxshi yordamchi hisoblanadi).
Bir kunlik ovqatlanishni rejalashtirayotganda, ushbu ro’yxatdagi mahsulotlardan faqat bir yoki ikkitasida to’xtab qolmaslik kerak. Agar nonushta, tushlik va kechki ovqat faqat makaron yoki kartoshkadan iborat bo’lsa, bu oshqozon-ichak trakti va organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Taomnomani oqsillar, yog’lar va uglevodlarning to’g’ri nisbatini hisobga olingan holda tuzish talab etiladi.