Yetarlicha uxlash. Nosog’lom ozg’inlik yoki semizlik, ko’z ostidagi ko’karish va xaltachalardan xalos bo’lish uchun bir sutkada kamida 8 soat uxlash zarur. Organizm uyqu davomida ko’plab funktsiyalarini me’yoriy holatga keltirib oladi.
Mashqlar bajarish. Qizlarga zo’riqish bilan mashqlar qilishga hojat yo’q: juda ko’p jismoniy faollik organizmni holdan toydiradi. O’zlarini qulay his qiladigan darajada mashq qilish kifoya, haftada 3-4 marta yetarli bo’ladi. Bunda 5 kg`dan og’ir yuklarni ko’tarish tavsiya etilmaydi.
Erkak kishi massa yig’ishi uchun
Erkaklar tana vaznini normallashtirishi va yanada jozibador bo’lishlari uchun ikki asosiy qoidaga rioya qilishlari joiz:
Ovqatlanish. Erkak tanasini oqsillar «qurib beradi», shuning uchun taomnomada u yetarli miqdorda bo’lishi kerak (o’simlik va hayvonot manbalaridan). Albatta, parhezning boshqa muhim tarkibiy qismlari — uglevodlar va oz miqdorda yog’lar (barcha ovqatning beshdan bir qismigacha) haqida unutmaslik talab etiladi.
Jismoniy mashqlar. Agar tana chinakamiga jozibador bo’lishini istasangiz, unda shunchaki vazn olish yetarli bo’lmaydi. Yog’ qatlami me’yordan oshmasligi uchun massa mushaklar hisobiga olinishi lozim. Kuch ishlatiladigan mashqlar bajarish, har bir mushak guruhlari ustida muvozanatli ish olib borish, yaxshi dam olish — kerakli sog’lom ko’rinishga ega bo’lish kaliti sanaladi.
Bir necha qoshiq kakao kukuni (ixtiyoriy ravishda, ammo kokteyl ta’mini yaxshilashga yordam beradi).
Massa bir hil holga kelgunga qadar aralashtiriladi. Ichimlik sovutgichda saqlanadi. Uni jismoniy mashqlarni bajarishdan bir muddat oldin yoki undan keyin ichish tavsiya etiladi: bu holda undan olingan kaloriyalar yog’ to’planishi uchun emas, balki mushaklar qurilishiga sarflanadi.