Psixik muammolar Vazni kam bo’lgan shaxslar depressiya va kayfiyat o’zgarishlariga moyil bo’lishadi. Buning sababi — ratsionda oziqa moddalarining yetishmasligi va gormonal disbalans. Depressiyadan aziyat chekuvchi bemorlarda, masalan, foliy kislota darajasi normal odamlarnikiga nisbatan o’rtacha 25%ga past bo’ladi.
Ratsionda uglevodar yetishmovchiligi ham kayfiyatsizlikni keltirib chiqaradi. Sababi uglevodlar yaxshi kayfiyat uchun javob beradigan moddalar — serotonin va triptofan ishlab chiqarilishini rag’batlantirishida.
Osteoporoz Tana og’irligining yetishmovchiligi deyarli har doim suyak zichligining pastligini anglatadi, bu o’z navbatida osteoproz rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Immunitet pasayishi Oziqa moddalarning yetishmasligi shuningdek immunitet pasayishi va kamqonlikka olib keladi. Eritrositlar (qizil qon tanachalari) ishlab chiqarish uchun mas’ul bo’lgan temir va B vitaminlarining yetishmasligi ayniqsa xavflidir. Bunday bemor tez-tez shamollaydi, doimo sovqotadi, tezda charchaydigan bo’ladi (temir tanqisligi surunkali charchashga olib keladi) va yo’q joydan asabiylashadi.
Foydali maslahatlar Umumiy tavsiyalardan tashqari, maqsadga tezda erishishga yordam beradigan boshqa maslahatlar ham mavjud: Taom porstsiyasini ko’proq qilish. Bunda organizmni tinglashni o’rganish kerak. Albatta, ovqatni majburan iste’mol qilmaslik zarur, ammo agar yana biroz qabul qilish mumkin bo’lsa, buni amalga oshirgan yaxshi.
Sog’lom tamaddilar haqida unutmaslik. «Sog’lom» so’ziga asosiy e’tibor qaratilishi kerak: shokoladli batonchik va chipslar yog’ qatlamini oshirishga yordam beradi, ammo oshqozon va teri holatiga salbiy ta’sir qiladi. Foydali kaloriya manbai sifatida yong’oq, banan, donlar yoki mayiz iste’mol qilish mumkin.
Och qolmaslik. Doimo biron narsa tamaddi qilish imkoni bo’lsin: biroz ochlik hissi sezilsa (har 2-3 soatda), qorinni to’qlash kerak.