Vegetativ nerv sistemasi



Yüklə 26,26 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü26,26 Kb.
#209671
1   2   3   4   5
Vegetativ nerv sistemasi

Vegetativ nerv sistemasi

Vegetativ Derv sistemasi haqida umumiy tushuncha. XIX asrning boshida fransiyalik fiziolog F. K. Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi ikki qismga: somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi.
Somatik nerv sistemasi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki a'zolar (nafas olish, qon ayla¬nish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayo¬ni ham vegetativ nerv sistemasi tomonidan, boshqariladi, bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari esa somatik nerv sistemasi orqali boshqariladi.
Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis
joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina joylashgan.
Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda bosh miyaning pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada)
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq ostidagi targ'il tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki a'zolar atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11- rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmen¬tigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida va tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va a'zolarga 'boradi,
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay¬tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtirib, siydik yig'ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlami) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.

Yüklə 26,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin