Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miya¬ning pastki qismida (o'rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi a'zolarga boradi. Shuningdek parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki a'zolarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarga boradi.
Parasimpatik nerv sistemasi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimni pasaytiradi, me'da va ichak harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronx hamda ko'z qorachig'ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin, simpatik nervlar ba'zi a'zolaming ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi. Parasimpatik nervlar esa simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va a'zolar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizm ning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi kasalliklari
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni periferik va markaziy qismdan iborat. Ulaming kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.