Verska(1 128) 2017 yil p65


Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi.
Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida
gumon olmoshiga aylanadi.
Bir sozi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib,
bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir,
nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan
almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumon
olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov
so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchun
gumon olmoshi hisoblanadi.
 
70-mashq. 
Ko‘chiring. Gumon olmoshlarining tagiga chizing.
Boshqalar bilan suhbat qilayotganingizda, gumon olmoshlaridan foyda-
lanasizmi?
1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning
yonidan o‘tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla
Qahhor) 2. Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay,
allanimalar deb g‘udrandi. (O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyim
paydo bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysi
zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda.
(A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi ko‘rindi. (Oybek)
6. Qaysidir yili, aniq esimda yo‘q, qish juda erta keldi. (Qo‘chqor
!


33
Norqobil) 7. Bu yigitning nimasidir unga rahmatli otasini es-
latardi. (Farid Usmon) 8. Birovning aybini senga aytgan sening
aybingni ham birovga aytadi. (Maqol)
71-mashq. 
O‘qing. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinganini aytib
bering. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ilgari surilgan g‘oya
haqida fikrlaringizni aytib bering.
1. Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi.
(Abdulla Qahhor) 2. Normurod Shomurodov allaqanday
shubhadan yuragi zirqirab o‘z kabinetiga kirdi. (O. Yoqubov)
3. Kimdir ot yetaklab o‘tar azonda, Uzilar ko‘chaning sahargi
tushi. (Shavkat Rahmon) 4. Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham,
allaqayeri paxtadan yumshoq, iðakdan mayin bo‘ladi. (Said
Ahmad) 5. Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni
qanorlarga joyladik. (O‘. Hoshimov) 6. Kimdir – erkakmi,
ayolmi, Nazir ota kiyimidan ajrata olmadi – gul do‘konining
oldini supuryapti. (O‘. Umarbekov) 7. Bu dunyoda – tabiatda
ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq
paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni, albatta, kimdir to‘ldirishga
harakat qiladi. («Yuksak ma’naiyat – yengilmas kuch» asaridan)





72
72
72
72
72-mashq. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin