Verska(1 128) 2017 yil p65


-mashq.  Gaplarni ko‘chiring. Egalik qo‘shimchalarini topib, ma’no



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

106-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Egalik qo‘shimchalarini topib, ma’no
va vazifalarini izohlang. Oltinchi gapdagi Ahmad Donishning fikri bo‘yicha
bahslashing.
1. Ko‘raman kirmaganingni, – dedi Bo‘taboy otlanayotib.
(Abdulla Qahhor) 2. Menga g‘ayir ko‘zi ila qarashingiz tabiiy
deb hisoblayman. (Sh. Xolmirzayev) 3. Xuddi aytganimday
bo‘ldi-ya. (O. Yoqubov) 4. O‘qishlaringiz yaxshimi? (S. Zun-
nunova) 5. Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan
tanishmog‘ing ham zarur. (A. Qodiriy) 6. Yoshlikdan bir hunar-
ning boshini ushlanglar, shu bilan jamiyatga ham yordam qilgan
bo‘lasizlar. (Ahmad Donish) 7. Donoxonga otaning gapi ma’qul
kelib, o‘rnidan turdi. (Omon Muxtor) 8. Sharafim, shonim, bor-
lig‘imsan, Vatan! (G. Asqarova)


52
Savol va topshiriqlar
1. Harakat nomlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing va ularni
izohlang.
2. Turishim, yurganing, aytganimiz so‘zlari tarkibidagi egalik qo‘-
shimchalariga izoh bering.
107-mashq. 
Uyga vazifa. «Mustaqillik yo‘lida fido bo‘lgan bobolarim»
mavzusida matn tuzing. Matndagi egalik qo‘shimchalarining tagiga chizing.
EGALIK QO‘SHIMCHALI
SO‘ZLARNING IMLOSI
1-topshiriq. Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing.
Idrok, ishtirok, qishloq, yurak, bilak.
2-topshiriq. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilgandan so‘ng asos
qismda qanday o‘zgarish ro‘y berganini ayting.
Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qism-
ning oxirgi k,q tovushi g va g tarzida talaffuz qilinadi

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin