Verska(1 128) 2017 yil p65


gaplarni ko‘chiring. Millat tushunchasiga izoh bering



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

gaplarni ko‘chiring. Millat tushunchasiga izoh bering
1. Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir,
misoli jism-u jondir. (B. Qosimov) 2. Endi buva bilan nevara
teng odamday gaplashishadi. (O‘. Umarbekov) 3. Odam odam
bilan tirik. (Abdulla Qahhor) 4. Yer bilan suv egizak, bir-birisiz
yashay olmaydi. (Gazetadan) 5. Eshon bilan Kifoyatxon qulay
bir joyni topib, bularni kuzatishardi. (Abdulla Qahhor) 6. Ano-
!


87
vilarning fojiasi shuki, ular baxt bilan baxtsizlikni farqlay
olmaydi. (Nazar Eshonqul) 7. Jiyda esa bahor paytlari butun
shaharni o‘zining hidi bilan to‘ldirardi. (Nazar Eshonqul)
8. Mehmonlarga non bilan tuz tutdilar. («Gulxan»dan) 9. Pirim-
qul Qodirov bilan Odil Yoqubov xonaga kirib keldilar. (E. Vo-
hidov) 10. Ustod bilan shogird ko‘rishib bo‘lguncha, olisroqda
iymanib turgan Qalandar bilan Muhammad Xisrav ham
yaqinroq kelib, salom berishdi. (O. Yoqubov)
180-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, bog‘lovchilarni topib, ularni izoh-
lang.
1. Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan,
yoki tengdoshdan. (A. Oripov) 2. Nozimaxon goh mashin-
kasini, goh tikuv mashinasini yurgizib allamahalgacha ishlab
o‘tiribdi. (Xayriddin Sulton) 3. Matniyoz xotini nima desa shuni
qilardi-yu, lekin ich-ichidan unga achinib qo‘yardi. (Asqad Mux-
tor) 4. Men ham eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da, jo‘ra.
(N. Aminov) 5. Humoyun va Hindol ammalariga yelkalarini
berib ko‘rishar ekanlar, yosh ayollar ularga bosh egib ta’zim
qildilar. (P. Qodirov) 6. Mirzaqul yerga qaradi va boshiga
telpagini qaytadan kiydi. So‘ng nimanidir aytmoqchi bo‘lib
taraddudlandi-yu, lekin aytmay, indamay qoldi. (Nazar Eshon-
qul) 7. Ilm ahlining g‘animlari bo‘lmish mustabid shohlar kelib
ketaverar, ammo bu maskan, bu zahmatkash xalq abadul-abad
hayotdir. (O. Yoqubov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin