Verska(1 128) 2017 yil p65


-mashq.  Bog‘lovchilarni topib, tagiga chizing, qanday vazifa



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

183-mashq. 
Bog‘lovchilarni topib, tagiga chizing, qanday vazifa
bajarayotganini ayting. Pashshaning gapi to‘g‘rimi? Siz qanday munosabat
bildirasiz?
Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan bolarini ko‘rib:
«Oh birodar! Bir boshing uchun buncha harakat qilasan! Sen
ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi, chunki mening
hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q. Insonlar tomonidan
hozirlangan dasturxonlardan har xil taomlarni yeb-ichib, umr
o‘tkazaman. Ba’zi vaqtlarda sen yig‘gan bolingdan ham
to‘ygunimcha yeyman. Yashamoq mana! Umr kechirmoq
uchun olamda bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi? Menda na
bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor», –
dedi. («Gulxan»dan)
Savol va topshiriqlar
1. Berilgan so‘zlar ichidan bog‘lovchilarni ajrating. Ularning turini
aniqlab gaplar tuzing. Uchun, tomon, bilan, hamda, va, biroq,
ichidahamishaammoketmoqyo ... yochunki.
2. Bog‘lovchilar qaysi belgisiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
184-mashq.
 Uyga vazifa. «Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan» mavzu-
sida bog‘li matn tuzing. Undagi bog‘lovchilarning tagiga chizib, turini
aniqlang.
TENG BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarning vazifasini
aniqlang.
1. Ona bilan bola – gul bilan lola. (Maqol) 2. Hammasini ting-
lardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 3. O‘k-
tam tolga suyanib, dam cholga, dam tegirmonga qarab indamay
turaverdi. (Oybek)
2-topshiriq. Bog‘lovchilar yordamida bog‘lanib kelayotgan bo‘-
lak va gaplar o‘rtasida qanday ma’no munosabati borligini aniq-
lang.
?


90

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin