Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Antigelmentik preparatlar turli shakllarda retseptlar yozish



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə151/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Antigelmentik preparatlar turli shakllarda retseptlar yozish.


Albendazol (Albendazolum). Preparatli shakllari albamel, albamelin, 10% li albazen alben, alvet, vermitan, zamben. Ushbu preparatlar kukun va suspenziya shakllarida ishlab chiqariladi. Preparatlari gemonxoz, trixotrongilidoz, diktiokaulez, monezioz, fassiolioz, dikrotselioz kasalliklarida qo‘llaniladi. Toksik ta’siri juda past. Preparat qabul qilgan mayda shoxli hayvonlar va cho‘chqalarni 10 kundan so‘ng yirik shoxli hayvonlarni esa 14 kundan so‘ng go’shtga so‘yishga ruxsat beriladi.
Sutni esa, antigelmintik berilgandan 4 kun o‘tgandan so‘ng, iste’mol qilishga ruhsat etiladi. Ushbu preparatlarni bug‘oz va qochirish davridagi hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi.
Drontal(Drontal)-preparatli shakllari drontalplyus, transil-K tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Drontal tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi vositalari, prazikvantel va pirantel o‘zaro sinergist ta’sir xususiyatlariga ega bo‘lib, yumaloq va lentasimon gijjalarga qarshi o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ulardagi asosiy tez ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyati, parazit membranasi o‘tkazuvchanligidagi Ca++ almashinuvini o‘zgarishini prazikvantel ta’sirida yuzaga kelib, natijada ulardagi modda almashinuvi buzilishidan o‘lishga sabab bo‘ladi.
Pirantel preparati xolinergik antagonist sifatida, nikotinga o‘xshash ta’sir ko‘rsatib, nematodlar nerv-muskullar tizimini o’rab olishi tufayli, ularda falajlikni keltirib chiqaradi.
Qo‘llanilishi: Asosan mushuk nematodlari (toksokoroz, ankilostomoz) va sestodlar (teniidozlar, dipilidioz, exinokokkoz) chaqiradigan kasalliklardan himoya qilish va davolash maqsadlarida qo‘llash tavsiya etiladi. Ichga bir tabletkadan har 10 kg tirik vaznga nisbatda olinib qo‘llaniladi.
Avermektinlar - tarkibi, kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lgan sakkiz moddadan iborat dori vositasidir.
Avermektinlar streptomyces avermitilis kulturasining hayoti davomida hosil bo‘ladigan mahsulotidir.
Ushbu gurruh preparatlariga ivermektin, pandeks, baymek, ivomek, ivertin,abamektin, doramektin, dektomaks, milbemitsin, moksidektin, (sidektin,) rustoloktin, bulmenktin va boshqalar.
Ko‘rsatilgan preparatlar in’eksiya qilish uchun 1% li eritmalar shaklida hamda kukunlar, tabletka, maz va aralashma premikslar shaklida ishlab ham chiqariladi.
Ushbu preparatlar toksik xususiyatlari jihatidan, yuqori zaharlovchi ta’sirga ega bo‘lgan birikmalar guruhiga kiradi. Og‘iz orqali, asosiy ta’sir etuvchi vositasini oq sichqon va kalamushlarga berilgandagi O’D50 miqdori, 8-50 mg/kg ni tashkil qiladi. Hayvonlar organizmida ularning ta’siri 28 kungacha davom etadi.
Preparatlari, nematodlarni, bit, qon so‘ruvchilar, sarkoptiodoz qo‘zg‘atuvchilarini, lichinkalarini va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarni o‘ldiradi.Ushbu preparatlar parazitlar nerv ta’sirot o‘tkazuvchanligini buzadi va asosan gamma-aminli yog‘ kislotasiga ta’sir ko‘rsatib natijada membranaga xlor ionlarini o‘tishini ko‘paytiradi. Hayvonni dori berilgandan keyin 8-42 kun o‘tgandan so‘ng, go‘shtga so‘yish mumkin bo‘ladi.
Bu guruh preparatlari hayvonning immun tizimini ham holsizlantiradi. Shu tufayli ularni sog‘in sigirlar va bug‘oz hayvonlarga berish taqiqlanadi. Teri ostiga 1 ml miqdori, 33 kg hayvonning tirik vazniga nisbatan olib qo‘llaniladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin