Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-mavzu. Antimikrob moddalar. Dezinfektsiyalovchi va antiseptik moddalar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə79/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

14-mavzu. Antimikrob moddalar. Dezinfektsiyalovchi va antiseptik moddalar.
Reja:

1.Antimikrob moddalar haqida tushuncha.

2.Formaldegid guruhi va kislorod beruvchi moddalar.

3.Xlor preparatlari.

4.Fenollar, kislotalar, ishqorlar, sovunlar




TAYANCH TUSHUNCHALAR:

  • Formaldegid guruhiga kiruvchi preparatlarga umumiy xarakteristika. Farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida.

  • Kislorod beruvchi moddalarga umumiy xarakteristika. Ularning ahamiyati, ta’sir mexanizmi to‘g‘risida.

  • Xlor preparatlarining ta’sir mexanizmi, ahamiyati qo‘llanilishi to‘g‘risida.

  • Kislota ishqor va sovunlarning ahamiyati, qo‘llanilishi saqlash qoiidalari to‘g‘risida.

  • Fenol va uning birikmalariga umumiy xarakteristika, ularning ahamiyati, qo‘llanilishi dozalari va saqlash qoidalari haqida.



Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Mikroblarga qarshi va parazitlarga qarshi vositalar.
Ma’lumki, yuqumli kasalliklarni turli qo‘zg‘atuvchilar chaqiradi. Bular bo‘lishi mumkin: mikroblar protozoylar, gelmentlar va ektoparazitlar. Bu kasalliklarga qarshi kurashning eng asosiy yo‘li bu kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotishdir. Shu maqsadda bakteriotsit dorilar, protozootsidlar, insektitsidlar va gelmentotsidlar qo‘llaniladi.
Bakteriotsidlar – mikroblarni rivojlanishini turli darajada to‘xtatadigan moddalar. Bu dorilarni ba’zilari o‘ldiradi – bakteriotsid, ba’zilari rivojlanishini to‘xtatadi – bakteriostatiklar. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari atrof muhitda, shilliq pardalar, teri va yaralarda hamda qon va to‘qimalarda bo‘lishi mumkin.
Mikroblarni o‘ldiradigan yoki ularni rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratadigan dori vositalariga antimikrob vositalar deyiladi.
Antimikrob moddalar bo‘linadi:

  1. Dezinfeksiyalovchi moddalar – binolar, jihozlar, transport va boshqa tashqi muhit ob’ektlarida mikroblarni yo‘qotadi.

  2. Antiseptik moddalar – teri, shilliq pardalar, yara va bo‘shliqlarda mikroblarni yo‘qotadi.

  3. Kimyoterapevtik moddalar – hayvon organizmida yuqumli va parazitar kasallik chaqiruvchilarni yo‘qotadi.

Antimikrob vositalar ta’sir mexanizmi mikrob hujayralarida biokimyoviy jarayonlar va fiziko – kimyoviy xususiyatlarni buzishga asoslangan, ya’ni oqsillar ivitish, hujayrani suvsizlantirish, oksidlash, pH ni o‘zgartirish, fermentlarni buzish va h.k.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin