Qo‘llash: Ovqat hazm qilishni yahshilash maqsadida oshqozon ichak kasalliklarida qo‘llaniladi.
Magniy tuzlari. Magniy sulfat. MgSO4 – kukun sho‘r ta’mli ta’siri va qo‘llash natriy sulfat kabi.
Yosh buzoq va sut beruvchi sigir, molxonalar devorlarni eb qo‘yadi.
Kalsiy tuzlari. 1.Kalsiy xlor CaCl2 – oq kukun, achchiq ta’mli.
Ta’siri: Yurak qisqarishlari kuchaytiradi, qonni ivishi oshadi, qon – tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, shishlar paydo bo‘lishini oldini oladi. Qo‘zg‘algan maruaziy nerv sistemasini tinchlantiradi. Likotsitlar faganitlar funksiyasini kuchaytiradi, diurezni oshiradi.
Qo‘llash: Shishlarni oldini olish maqsadida, abortlarni oldini olish bachadon yallig‘lanishida, yo‘ldoshni ajratishda, ichki organlarda qon ketganda, Ca etishmovchiligida venaga yuboriladi teri ostiga mumkin emas.
Dozasi venaga ot 5- 30,0 qoromol 10- 40,0, it 0,1-1,5
Kalsiy glyukanat, kal’siy karbanat(gel).
Og‘ir metal tuzlari. Alyuminiy preparatlari
Kvass – alyuminiy va kalsiy sulfatdan tashkil topgan oq kukun.
0,2 – 1% li eritmalari burishtiruvchi va qon to‘htatuvchi ta’sir etadi. 2% va undan yuqori konsentratsiyalarda retseptorlarni sezilarli davolashda qitiqlaydi.
Qo‘llash: Konyuktivit, stomatit, laringit, metrit va vaginitlarda 0,5- 4% li eritmalari burishtiruvchi va dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Rux preparatlari. Rux sulfat –ZnSO4- oq kristal, hidsiz
Ta’siri 0,1-0,5 li eritmalari burishtiruvchi, tomirlar qisqartiruvchi va yallig‘lanishlarga qarshi 3-5%li eritmalari qitiqlovchi, 20 -50 %li esa kuydiruvchi ta’sir etadi.
Qo‘llash: Asosan oftal’mologiya amaliyotida yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi sifatida 0,2-2%li eritmalari qo‘llaniladi.
2. Rux oksidi ZnO – oq kukun. Bu preparat yahshi adsorbent, yallig‘lanishlarga qarshi uzoq ta’sir etadigan preparat.