Vodorod peroksid. H2O2 amaliyotda bu moddani 30% li va 3% li eritmalari keng qo‘llaniladi. 3% li eritmalari tashqi tomonga dezinfeksiya, dezodoratsiya uchun va yaralarni tozalash uchun. Konyuktivit, faringit, va akusherlik amaliyotida 1- 2 %li eritma qo‘llaniladi.
Kaliy permanganat KMnO4 - to‘q binafsha rangli kristall, suvda eriydi.
Antimikrob, dezodorant, marganits tuzlari esa burishtiruvchi ta’sirga ega. 0,1 – 1% li eritmalari antiseptik, dezodorant, burishtiruvchi vosita sifatida kataral yiringli stomatit, faringit, endometritda; kuyganda 2 – 4% li eritmasi kompress qilinadi; 2 – 4 %li eritmalari dezinfeksiya va dezodoratsiya sifatida bozorlarda go‘sht do‘konlari, idishlarga qo‘llaniladi.
Xlor preparatlari. Xlor tabiatda keng tarqalgan. Xlor bizga ma’lum preparatlar NaCl, CaCl, xlorofos kabi preparatlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, xlorni shunday prepartlar borki, ularni farmokologik aktivligi erkin holatdagi xlor bilan bog‘liq, ular hammasi mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Kalsiy gipoxlorid (ohak) – oq rangli kukun. Agar havodan namlik olsa, aktivligi yo‘qoladi. Tarkibida 30% gacha aktiv xlor saqlaydi.
Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni barcha vegetativ va sporalarini o‘ldiradi. Xlor suv bilan qo‘shilsa vodorod xlorid, keyin u ham parchalanib atomar kislorod hosil qiladi:
Sl2+H2O =HCl+HClO HClO = HCl + O
Atomar kislorod antimikrob, dezodorant ta’sirga ega.
Qo‘llash. molxonalar go‘sht saqlaydigan binolar chorva mahsulotlari tashiydigan transportlar, go‘ngxonalar dezinfeksiya qilinadi. Yuqimli kasalliklar chiqqanda dezomat va dezobarlarga qo‘shiladi. Bu preparat eritma holida 1 – 5% yoki quruq kukun holida qo‘llaniladi.
2.Xloramin B– oq kukun, xlor hidi sezilib turadi, tarkibida 25 – 29% aktiv xlor saqlaydi, suvda eriydi. Bu modda ham organik moddalar bilan to‘qnashganda atomar kislorod ajratib, kuchli bakteriotsid ta’sirini namoyon etadi.
Qo‘llash. 0,5 – 2% li eritmasi vet vrach qo‘llarini; 0,2 – 0,3% li eritmalari og‘iz, ko‘z shilliq pardalarni; 2 – 10%li eritmalari suv, jun, teri va binolarni dezinfeksiya qilish uchun qo‘llaniladi.
Kislotalar. Dissotsiatsiyalanish darajasiga qarab: kuchli, o‘rta, kuchsiz kislotalarga bo‘linadi.
Kuchli kislotalar – qitiqlovchi, kuydiruvchi va antimikrob, kuchsizlar esa yallig‘lanishlarga qarshi va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi.
Kislotalar ishqorlarni neytrallaydi, oqsillar parchalanishini tezlashtiradi, albuminatlar hosil qiladi, to‘qimalardan suvni tortib oladi.