Natriy gidrooksid ( NaOH ) – kaustik soda, oq rangli silindrsimon shaklda
Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni sporo va vegetativ shakllarini o‘ldiradi (3 – 5 % li eritmalari vegetativ, 5 – 6 % li eritmalari sporalarni o‘ldiradi). Erituvchini harorat baland bo‘lsa va NaCl tuz qo‘shilsa yana ham ta’siri oshadi.
Qo‘llanilishi.Molxona anjomlari, dezomat va dezobarer va chorva mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar yuqumli kasalliklar chiqqanda 5-10% li eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi.
2.Natriy karbonat ( Na2CO3 ) oq rangli kukun.
Ta’siri. Antimikrob ta’sirga ega, yuvish xususiyati kuchli teri va boshqa predmetlarni kirlanishdan tozalaydi va kir yuvuvchi vositalar (soda) tarkibiga kiradi.
Qo‘llanilishi: 3 – 6% li eritmalari go‘sht va sut mahsulotlari saqlanadigan binolarni, vagonlar, avtomashinarni dezinfeksiya va yuvish uchun qo‘llaniladi.
3.Natriy gidrokarbonat ( NaHCO3 ) - choy sodasi, oq rangli kukun.
Ta’siri. Kuchsiz antimikrob, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Og‘iz orqali qo‘llanganda kislotalarni neytrallaydi, shilliqlarni eritadi, oshqozon – ichak sekretsiyasini tiklaydi va o‘pka orqali chiqib balg‘am ko‘chiradi.
Qo‘llanilishi. 1- 3%li eritmalari og‘iz, burun, ko‘z shilliq pardalari yallig‘lanishida, og‘iz orqali esa kislotalar bilan zaharlanganda, oshqozon shirasi kislotaligi oshganda qo‘llaniladi.
Dozasi. Otlarga 15,0-75,0; qoramol 15,0-10,0; qo‘y 2,0-15,0; cho‘chqa 2,0-6,0 ml dan qo’llaniladi.
Sovunlar. Sovunlar ham dezinfeksiyalovchi va yuvuvchi xususiyatga ega bo‘lganligi uchun operatsiya maydoni va qo‘lni mikrobsizlantirish uchun, dermatitlarda, hayvonlarni klizma qilish maqsadida, xalat va boshqa inventarlarni yuvish uchun qo‘llaniladi.
Fenol va uni unumlari. 1.Toza fenol yoki karbol kislota – rangsiz kristall holatda, suv, spirt va moyda eriydi.