Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Ta’siri. Antimikrob , parazitga qarshi va insektitsid ta’sirga ega: 2 – 5% li fenol eritmasi mikroblarni bir necha daqiqada o‘ldiradi. Qo‘llanilishi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə84/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Ta’siri. Antimikrob , parazitga qarshi va insektitsid ta’sirga ega: 2 – 5% li fenol eritmasi mikroblarni bir necha daqiqada o‘ldiradi.
Qo‘llanilishi. Molxona va anjomlarni dezinfeksiya qilishda 3 – 4 % li eritmalari, instrumentlar, terini tozalashda 3 – 5% li eritmalari qo‘llaniladi.
Go‘sht, sut saqlanadigan omborlar, so‘yiladigan mollarga qo‘llash taqiqlanadi, hidi bor.
2.Kreolinqoramtir rangli, suyuqlik, suv qo‘shilsa emulsiya hosil qiladi, o‘ziga xos hidli.
Amaliyotda 3 xil kreolin qo‘llaniladi.

  1. Davolovchi kreolin – cho‘miltirish uchun.

  2. Dezinfeksiyalovchi – fenolkreolin.

  3. Geksaxloranli kreolin – bit va kanaga qarshi.

Bakteriotsid, akaratsid va insektotsid ta’sirga ega.
Qo‘llanilishi. Molxona va predmetlarni dezinfeksiya qilish uchun 5% li eritmalari, qo‘tirga qarshi 1% li eritmada vanna qilinadi, mahalliy davolash uchun 2,5% li emulsiya, yiringli yaralarga 2 -3 % li emulsiya shaklida qo‘llaniladi. Qoramollarga oshqozon oldi atoniyasida va timpaniyada ichiriladi (15,0- 20,0).
Bundan tashqari fenollarga ixtiol, krezol, lizol, degotlar kiradi.
Bo‘yoqlar.
Bo‘yoqlar ham farmakologik aktiv moddalar bo‘lib, veterinariyada antiprotozoy, antimikrob va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Agar kasallik boshlanishida preparatlar qo‘llanilsa, davolash samarasi yuqori bo‘ladi.
1.Azidinsariq rangli, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi.
Dozasi: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg dan yuboriladi.
2.Gemosporidin – oq kukish rangli kukun suvda eriydi. Qon parazitar kasalliklarda davolash maqsadida muskulga yoki teri ostiga yuboriladi. 1- 2% li eritma holida yuboriladi.
Dozasi: 1 kg tirik og‘irlikka: ot 0,0002, qoramol 0,0005 kunni quyoshli paytida qo‘llash taqiqlanadi.
3.Naganin – binafsha rangli kukun. Ot va tuyalarda tripanamoz kasalliklarida davolash va oldini olish maqsadida qo‘llaniladi vena tomiriga 10% li konsentratsiyada yuboriladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin