Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə82/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1.Xlorid kislota ( HCl ) – rangsiz tiniq suyuqlik.
Ta’siri. Bu kislota doim oshqozon shirasi tarkibida bo‘ladi. U oqsillarni parchalaydi, va oshqozonda mikroblarni rivojlanishini to‘xtatadi. Oshqozon osti bezi va o‘t sekretsiyasini kuchaytiradi. Oshqozonda achish holatlarini oldini oladi. Bakteriostatik va bakteriolitik ta’sirga ega.
Qo‘llanilishi. Oshqozon shirasi kislotaligi pasayganda, oshqozonda achish holatlarida, ishqorlar bilan zaharlanganda, ovqat hazm qilish buzilganda 0,1 – 0,4 % li eritma holida qo‘llaniladi.
Dozasi. Suyultirilgan holda otlarga 10,0-20,0 ml, qoramol 15,0-20,0 ml, qo‘y 2,0-5,0 ml, cho‘chqa 1,0-2,0 ml, itlarga 0,1-0,5 ml dan qo’llaniladi.

  1. Sut kislota – siropga o‘xshash sariq suyuqlik, suvga aralashadi.

Ta’siri. Og‘iz orqali qo‘llanilganda antimikrob va achishga qarshi ta’sir etadi, oshqozon sfinktrlari spazmini bo‘shatadi va gaz chiqishiga yordam beradi. Tashqi tomonga qo‘llaganda dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi. Otlarni oshqozoni o‘tkir kengayishida, kavshovchilar oshqozonida gaz to‘planganda 2% li eritma holida qo‘llaniladi.
Dozasi. Otlarga 5,0-15,0; qoramol 8,0-15,0; qo‘y 1,0-3,0; itlarga 0,2-0,1 ml dan qo’llaniladi.
3.Sirka kislota – rangsiz suyuqlik. Bu kislota antiseptik va achishga qarshi vosita hisoblanadi.
Qo‘llanilishi. Davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bu kislota amaliyotda 0,2 – 1% li eritmasi bitlashga qarshi tashqi tomonga, 2 – 3% li eritmasi antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida og‘izda oqsil bilan shikastlansa, ishqorlar bilan zaharlanganda, ovqat hazm qilishni yaxshilash, timpaniyada qo‘llaniladi.
Dozasi. Suyultirilgan shaklda ot va qoramol 10,0-40,0; qo‘y 5,0-10,0; cho‘chqa 2,0-5,0; itlarga 1,0-2,0 ml dan qo’llaniladi.


Ishqorlar.
Ishqorlar gidroksil anion ( ON ) saqlaydi, asosiy ta’sir unga bog‘liq. Ishqorlar ichida gidrooksidlar aktiv bo‘lib, terini kuydiruvchi va antimikrob ta’sirga ega, karbanotlar esa kuchsiz antimikrob va qitiqlovchi ta’sirga, gidrokarbanatlar esa yallig‘lanishlarga qarshi va qisman antimikrob ta’sirga ega.
Ishqorlar tashqi tomonga qo‘llanganda terini yog‘lar va iflosliklardan tozalaydi. Teri epiteliysini yumshatadi, ichirilganda esa kislotalarni neytrallaydi, oshqozon va ichaklarda ozuqani harakatini tezlashtiradi, o‘pka orqali chiqib, balg‘am ko‘chiruvchi sifatida ta’sir etadi.




  1. Yüklə 2,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin