Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy tavsifi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə106/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy tavsifi.
Insektitsidlar (lotincha insuta hashorat va coedo o‘ldiraman) hashoratlarni o‘ldiruvchi farmakologik moddalarga aytiladi.
Akaratsidlar (acarus – kana, coedo - o‘ldiraman) – kanalarni o‘ldirish uchun qo‘llaniladigan moddalar. Ko‘pincha insektitsidlarni pestitsidlar (pest – ziyon, coedo – o‘ldiraman) deb nomlanadi.
Bo‘g‘imoyoqli hashoratlar sinfi ichida ko‘pchiligi odam va hayvonlarga katta ziyon va zarar keltiradi. Ular ko‘pchilik yuqumli va invazion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchi hisoblanadilar. Ko‘pchilik hashoratlar odam va hayvonlarni chaqib bezovta qiladilar. Zaharli hashoratlar chaqqanda esa o‘sha joyda yallig‘lanish ro‘y beradi, hatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Hayvonlarni kuchli bezovtalanishi oqibatida mahsuldorligi va chidamliligi pasayib ketadi. Ularning ko‘pchiligi teri butunligini buzadi va uning sanitariya jihatidan sifatini yomonlashtiradi, sut va go‘sht sifati ham pasayadi. Masalan: qoramollar bo‘ka (ovod) kasalligida.
Bo‘g‘imoyoqlilardan veterinariya mutaxassislari chivinlar, pashshalar, kanalar, bukalar, mokritsa, junxo‘rlar, burgalar, kloplar va bitlarga qarshi qo‘rash olib boradilar.
Turli bo‘g‘imoyoqlilar zaharli moddalarga nisbatan chidamliligi xam turlicha bo‘ladi. Bunga sabab ularning parazitlik qilish joylari ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ayrimlari teri ustida parazitlik qilsa, ayrimlari teri ostida hatto muskul to‘qimasida parazitlik qiladi.
Insektitsidlar ta’sir mexanizmi ham turlicha. Ularning ayrimlari hashoratlarning xitin qoplamini buzsa, boshqalari nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini buzadi.
Bu moddalar kelib chiqishi bo‘yicha:
1. XOB.
2. FOB.
3. Karbamitlar.
4. O‘simlikdan olinadigan peritroidlar.
Bu moddalar ta’siri bo‘yicha.
1. Insektitsid - hasharotni o‘ziga.
2. Larvitsid - hasharot lechinkalariga.
3. Ovatsid - hasharot tuxumlariga.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin