Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə2/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1.1.

Ma’ruza matnlari




1.2.

Amaliy mashg‘ulotlar




1.3.

Laboratoriya mashg’ulotlar




2.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI




3.

GLOSSARIY




4.

ILOVALAR






Fan dasturi






Ishchi o‘quv dasturi






Tarqatma materiallar






Testlar






Baholash mezonlarini






Foydalangan adabiyotlar ro’yxati






Elektron varianti






O‘QUV MATERIALLARI

Umumiy farmakologiya
1-Mavzu. Veterinariya farmakologiyasi faniga kirish.
Reja:
1.Veterinariya farmakologiyasi fani to‘g‘risida tushuncha.
2.Veterinariya farmakologiyasi fani maqsadi va vazifalari.
3. Boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Fanning rivojlanish tarixi.


Tayanch tushunchalar:
Farmakologiya - grekchadan Pharmakon dori va logos – ta’limot
Farmakognoziya – dori tayyorlash uchun olinadigan xom ashyo
Farmakoterapiya – dori vositalar bilan kasalliklarni davolash.
Farmakoprofilaktika – dori vositalari yordamida kasalliklarni oldini olish choralari.
Asosiy adabiyotlar:
1.Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2.Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2.Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4.Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5.“Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Farmakologiya fani haqida tushuncha, bo‘limlari boshqa fanlar bilan aloqasi.

Farmakologiya-dori moddalari haqidagi fan bo‘lib, grekcha pharmakon-dori, logos-ta’limot degan ma’noni bildiradi.


Ma’lumki, dorilar kasalliklarni davolash va profilaktika uchun, hayvonlarni serpushtligini, mahsuldorligini va rezistentligini oshirish uchun, fiziologik holatlarni regulyasiyalash maqsadlarida keng qo‘llaniladi.
Farmakologiya-keng fan, chunki farmakologik vasitalar meditsinada, veterinariyada, chorvachilikda, biologiyada, farmatsiyada, yangi dori moddalarni sintezlashda va tabiatdan izlashda keng qo‘llaniladi. Albatta, har bir yo‘nalish uchun dori moddalarga har xil ma’lumot talab qilinadi.
Veterinariya farmakologiyasi-bu dori moddalari ta’sirida tirik organizmlarda bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlar qonuniyatlarini o‘rganadi va chorvachilikda shular asosida bu moddalarni qo‘llashga ko‘rsatma, qo‘llash usullari va sharoit aniqlanadi.
Demak, yuqorida keltirilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ldiki, farmakologiya veterinariya xodimlari amaliyotida kerak bo‘ladigan dori moddalar to‘g‘risida hamma ma’lumotlarni o‘rganadi.
Dori moddalari quyidagi manbalardan olinadi.
1. O‘simliklar. O‘simlik dunyosi dori vositalarini eng boy manbai hisoblanadi.
2. Mikroorganizmlar. Mikrobiologiya sanoatida bulardan antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar va boshqalar olinadi.
3. Hayvonot dunyosi. Insulin, adrenalin va boshqa muhim dorilar olinadi.
4. Sintez yo‘li bilan. Hozir qo‘llaniladigan dori asosiy qismi shu yul bilan olinmoqda.
Hayvonlarga qo‘llaniladigan dori moddalar, preparatlar, dori shakllari ko‘p holatlarda dori vositalari deb ataladi.
Veterinariyada qo‘llaniladigan ko‘p dorilar meditsinada ham qo‘llaniladi, lekin asosan veterinariya maqsadlarida qo‘llaniladigan alohida dori moddalar ham mavjud.
Meditsina va veterinariya uchun umumiy bo‘lgan dorilar Sog‘liqni Saqlash Vazirligi veterinariyaga taalluqli dorilar esa Veterinariya va chorvachilikni ruvojlantirish qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori moddalar organizmda hech qanaqa yangi biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlar chaqirmaydi, balkim borini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
Har bir dori moddasini oson o‘zlshtirish uchun dori umumiy ta’sir qonuniyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Hozir veterinariya va meditsinada 10000 ga yaqin dori preparatlari qo‘llanilmoqda.
Bu dorilarni o‘rganish uchun asosiy farmakologik ta’siri va qo‘llanishi bo‘yicha tasnif qilinadi.
Farmakologiya bo‘limlari
1.Umumiy farmakologiya - dorilar, ularni ta’sir mexanizmi, dozalari, yuborish yo‘llari va dorilar bilan zaharlanish sabablari va birinchi yordam berish haqida umumiy tushunchalar beriladi.
2.Xususiy farmakologiya - dori modda alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
3.Retseptura - dori shakllarini tayyorlash va retsept yozish qoidalarini o‘rgatadigan fan.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin