Qo’yidagi keltirilgan dorilar ichida eng kuchli va tez surgi ta’sir etuvchi surgi moddalarini aniqlang
*Karboxolin
Glouber tuzi
sabur
paxta moyi
Qoramollar uchun natriy sulfat (glauber) tuzining dozasini aniklang?
*300-800
50-100
100-200
200-300
1-xlorli simobni surgi dorisi sifatida qaysi hayvonlarga qo’llash xavfli?
*Kavsh qaytaruvchilarga
Itlarga
Cho’chqalarga
Otlarga
Eng kuchsiz surgi ta’sir etuvchi moddani aniqlang
* Paxta moyi
Glauber tuzi
Sabur (aloye)
Karboxolin
Surgi dori moddalari ta’siriga qarab nechaga bo’linadi.
*2
3
4
5
Hazm qilish organlarining kasalliklarida ko’proq qaysi kislotadan foydalaniladi?
* Xlorid kislotasi
Sulfat kislotasi
Borat kislotasi
Sirka kislotasi
Antioksidantlar necha turga bo’linadi?
* 2
3
1
4
LIV – 52 dori moddasi qaysi organ kasalliklarida qo’llaniladi?
*Jigar
Yurak
Oshqozon
O’pka
Angishvonagul o’simligi qaysi organ kasalliklarida qo’llaniladi?
* Yurak
Jigar
O’pka
Oshqozon
Quyidagilardan gidrolizatorlar guruhiga kiruvchi moddalarni aniqlang?
*Gidrolizin, kazein gidrolizati
Teofilin, kaliy asetati
Naturoza, natriy nukleati
Gidrolizin, poliglyukin
Bir kecha-kunduzda buyraklardan 150 litrgacha suv ……gramm natriy va boshqa moddalar ajralib chiqadi.
* 1200g
1000g
800g
600g
Qon ivishi ancha murakkab fiziologik jarayon bo’lib, uning asosan necha turi mavjud
* 2
3
4
5
Shmidt-Moravitsning (1895-1905) klassik g’oyasiga ko’ra, qon ivishining koagulyasion shakli asosida nechta omil bo’lishi shart deb aytgan?
* 4
5
6
3
Ko’p qon yuqotgan hayvonga qanday dori moddalari qo’lllaniladi?
*0,9% Natriy xlor, glyukoza,gemodiz
Kalsiy xlor,magniy sulfat
Gemodiz, riboksin
Glyukoza,makrolan
Qon ivishini tezlashtiruvchi moddani aniqlang?
*Vikasol
Frodizin,
Tetravit-500
Biovitin,
Hozir vitamin va unga o’xshash 500 ga yaqin preparatlar sintez qilingan ular kelib chiqishi bo’yicha necha guruhga farqlanadi
*4
5
6
8
Vitaminlarni nechta turi mavjud.
*2
3
4
5
Vitamin D (kalsiferol)qaysi kasalliklarda qo’llaniladi?
* Raxit va osteomalyasiya kasalliklarida
Gepatit kasalligida
Gastrit kasalligida
Timpaniyada
Askorbin kislota qaysi kasalliklarda keng qo’llaniladi?
* Vitamin S. yetishmasligida , singa kasalligida
Gepatit kasalligida
Raxit va osteomalyasiya kasalliklarida
Gastrit kasalligida
Yosh mollarni o’sishini tezlashtiruvchi moddani aniqlang?
*Sot-som
Alben
Vitamin S
Natriy xlor
Otlar, tuya, eshaklarning, su-auru kasalligida qanday modda qo’llaniladi?
* Naganin
Berinil
Sulgin
Ergotal
Qaysi modda antiseptik, bakteriosid va umuman dezenfiksiyalovchi modda sifatida eng ko’p qo’llanilmoqda?
*Kreolin
Rezorsin
Fenol(karbol kislotasi)
Degot
Rivanol nomi bilan qaysi antiprotozoy bo’yoq moddasi ko’p yillar amaliyotda mashxur bo’lgan.
*Flavakridin gidroxloridi
Azidin
Aminoakrixin
Etakridin laktati
Qaysi antiseptik dori vositalaridan biri kuyganda, urologik va ginekologik kasalliklarda hamda kuchli dezodorant modda sifatida eng ko’p ishlatiladi?
*Kaliy permanganati
Formaldegid
Geksametilentetramin
Vodorod peroksidi
Piroplazmoz bilan kasallangan hayvonga qanday dori yuboriladi?
*Tripanil
Glyukoza
Kalsiy xlorid
Pantosid
Nomlari keltirilgan preparatlardan qaysilari antegelmentik hisoblanadi?
* Klozantil, ivermek
Fumagilin, yekmalin,
Monomisin, niomisin
Tilar, yerotromisin,
Kaliy permanganatning necha foizli eritmalari kataral, yiringli va sassiq stomatitlarda, faringitlarda qotiruvchi, dezinfeksiyalovchi va dezodorant ta’sir ko’rsatadi;
* 0,1 - 1%
2-4%
0,5-2%
3-4%
Vodorod piroksidning necha foizli eritmasi kuchli oksidlash xususiyatiga ega?
*30% N2O2
40% N2O2
10% N2O2
3% N2O2
Mikroblarga qarshi qo’llaniladigan moddalar necha guruhga bo’linadi:
*3
4
5
6
Tashqi parazitlarga qo’llaniladigan preparatlarni ko’rsating?
*Neosidol, ektovat, dust
Anor puslogi, oshkadi urug’i medamin, osarsol
Fassolin, oksinid, bitionol,
Santonin, kirkkulokning quyuq ekstrakti,
Farmalinning necha foizli spirtli eritmasi, qichimaga qarshi ishlatiladi?
Birinchi bo’lib ximioterapiyaga asos slogan olimni ko’rsating?
*Erlix
Soshestvennskiy
Pavlov
Fleming
Penisillinlar guruhidan ta’siri eng uzoq davom etadigan preparatni belgilang?
*Bisillinlar
Ampioks
Ampisillin
Yekvonovasillin
Nomlari berilgan antibiotiklardan tetrasiklin guruh pereparatlarini ko’rsating?
*Oksitetrasiklin, oksitet
Ampioks, yekmonovasilin
Almesilin, ampesilin
Sintamisin, levamissin
Pilyula qanday shaklda bo’ladi?
*Kichik sharsimon
Kichik ovolsimon
Kubiksimon
Konussimon
Pilyula tayyorlashda Itlarga- Corrigens sifatida qanday moddalar qo’shiladi?
*Shakar, kiyom
Valerianka
Tuz
Nordon moddalar
Xab dorining og’irligi necha gramm buladi?
*0,5x50 gr
10x60gr
20x50gr
15x45gr
«B» ro’yxatiga qanday dori vositalari kiritiladi?
* Kuchli ta’sir etuvchi
Zaharli
Umumiy ta’sir etuvchi
Narkotiklar
Nomlari berilgan antibiotiklardan makrolitlar guruhini aniqlang?
*Farmazin 50
Sefamizin-1000
Biovet-80
Nistatin, sintomisin
Quyidagi moddalardan nitrofuranlar guruhini aniqlang?
* Furagin furozolidon
Sulfaton Ftalazol
Sulfamonometoksin sulfantrol
Nistatinlevorin
“Antibiotik” terminini fanga 1942 yilda qaysi olim kiritgan?
* Z.Vaksman
N.S.Yegorov
I.Y.Mozgov
P.D.Yevdokimov
1 mg.penitselinda qancha (T.B.) mavjud.
*1667 T.B
2000 T.B
1800 T.B
1500 T.B
Antibiotiklarni tayyorlash uchun kerakli moddalarni ajratish xususiyatiga ega bo’lgan nechta mikroorganizmlar ro’yxatga olingan?
*3000
5000
4500
4000
Antibiotiklarning umumiy ta’sir mexanizmi necha xilda amalga oshadi?
*4 xilda
5 xilda
2 xilda
3 xilda
TARQATMA MATERIALLAR
BAHOLASH MEZONI
“Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
“Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi” fani bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi, nazorat turi, shakli, soni hamda joriy va oraliq nazoratlarining o’tkazilish vaqti haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir, ikki marta o’tkaziladiyoki fanning umumiy soatlari 36 soatga yetmasa o’tkazilmaydi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch so’z va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchilarni jalb qilinishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasida yakuniy nazorat turlarini o’tkazilishi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan doimiy ravishda o’rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli yakuniy nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning baho tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi baho orqali ifodalanadi.
Baho
Baho
Talabalarning bilim darajasi
5
A’lo
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda 5 (a’lo) baho.
4
Yaxshi
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda 4 (yaxshi) baho.
3
Qoniqarli
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda 3 (qoniqarli) baho.
2
Qoniqarsiz
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
- Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
- Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi.
-Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan baholash nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
- Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
- Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatiladi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborat manbalari.
Asosiy adabiyotlar: 1. Salimov Y. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2019 yil.
2. Azizova S.S. “Farmakologiya”. Darslik.Toshkent, 2000 yil.
3. Farmonov N.O., Xoliqov A.A. “Veterinariya toksikologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2012 yil.
Xorijiy adabiyotlar: 4. Radhey Mohan Tiwari. Veterinary Toxicology: Oxford book company. Jaipur, India. 2010 year.
5. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Санкт-Петербург, 2010 год.
Qo‘shimcha adabiyotlar: 6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston” NMIU, 2017-yil.
7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.“O’zbekiston” NMIU, 2017-yil.
8. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston” NMIU, 2017-yil.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-yil.
10. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Toshkent, Tasvir nashiryoti 2021-yil. – 52 b.
11. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g’oyamizning poydevoridir. Tasvir nashiryoti 2021-yil. – 36 b.
12. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2012 yil.
Internet saytlari: 13. www.ziyonet.uz 14. www. veterinary.ru
15. www. Nita-Pharm.ru
16. www. Biveco.uz
17. www.Apteka.ru