Ferroglokin – temir va glyukoza polimeridan iborat kompleks preparat. Hayvonlarga anemiya kasalliklarida muskul orasiga yuboriladi.
10.Mis preparatlari-Mis sulfat SuSO4 – ko‘k rangli hidsiz kukun
Burishtirkvchi ta’siri yo‘q 10- 30%li konsentratsiyada kuydiruvchi ta’sir etadi.
Mis sulfat antimikrob ta’sir etadi. Masalan 15 daqiqada ichak tayoqchalari rivojlanishini to‘htatadi.
Kuchli antgelment hisoblanadi
Qo‘llash: Antgelment sifatida 1%li eritmalari og‘iz orqali qo‘ylarni monizioz kasalligiga qarshi dezinfeksiyalovchi sifatida 1-2%li eritmalari stomatitda qo‘llaniladi.
11.Kumush preparatlari – AgNO3(letis), A ro‘yxatda.
Asosan burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sirga ega.
Qo‘llash: Burishtiruvchi va bakteriotsid vosita sifatida 0,5%li eritmasi stamatit, oqsil kasalligida og‘izni chayqash maqsadida, 3-5%li eritmalari ekzema, dermatitlarda, oftalmologiyada 0,1- 2% eritmalari qalamcha holida suyal, papillomalarni kuydirish uchun qo‘llaniladi.
12.Yod preparatlari-Qoramtir – kukimtir rangli srirtda yaxshi eriydi.
Yod qolqonsimon bezni tarkibi kiradi. U organizmda kalsiy, fosfor, temirni o‘zlashtirish va fermentlarni aktivlashtirishda qatnashadi, oqsil almashinuvini kuchaytiradi.
Qo‘llash: Yodni suvli eritmalari 1:1500 nisbatda buzoq va qo‘ylarni diktiokaulyoz kasalligida 0,05%li eritmasi teleziozda, 5%li eritmasi xirurgik operatsiyalarda yaralarni dezinfeksiya qilish uchun, 10%li eritmalari aktinomikozda qo‘llaniladi.
Yod tabletkalari yod etishmovchiligida qo‘llaniladi.
MUSTAQIL TA‘LIM BO‘YICHA O‘QUV MATERIALLARI
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni. "Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi" fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayoninint tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan tula ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan reseptlarni yozib keladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengrok o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baxolanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqdaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
"Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi" fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 19 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
“Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi” fanidan talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi