2.Natriy sulfat (glouber tuzi) – oq rangli, ignasimon kukun, sho‘r ta’mli, hidsiz, suvda yaxshi eriydi.
Ta’siri: Natriy sulfat kam zaharli va aktiv surgi vosita. Shaklarga tushgach, o‘ziga suvni to‘playdi va ichaklar devorini qisib reflektor ravishda peristaltikani kuchaytiradi
Ichaklar surgi ta’sirini tez namoyon bo‘lishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qilinidi.
Surgi ta’siri 8 -10%li konsentratsiyada o‘tho‘r hayvonlarda 3-4 soatda go’shtxo’r hayvonlarda 1-2 soatda namoyon bo‘ladi.
Qo‘llash: Kichik dozalarda ovqat hazm qilishni yahshilash, ishtaha ochish uchun, katta dozalarda surgi vosita sifatida zaharlanishlarda atoniyada, kaprostaz va himostazlarda qo‘llaniladi.
3.Kaliy tuzlari-Kaliy xlor. Bu tuz murakkab izotonik eritmalar tarkibiga qo‘shib qo‘llaniladi.
Bu tuz parasimpatik nervlar tonusini oshiradi, ichki organlar tomirlarini kengaytiradi, perifirik tomirlarni toraytiradi, buyrak orqali chiqib diuretik ta’sir etadi.
Sun’iy karlovar tuzi. Tarkibi: 44% natriy sulfat, 36% natriy gidrokarbonat 18% natriy xlor va 2% kaliy sulfat.
Ta’siri:Oshqozon –ichak yuliga tushgach retseptorlarni qitiqlab, reflektor ravishda oshqozon, ichak, oshqozon osti bezi sekretsiyasini va suyuqligi ajraladi.
Qo‘llash: Ovqat hazm qilishni yahshilash maqsadida oshqozon ichak kasalliklarida.
4.Magniy tuzlari-Magniy sulfat. MgSO4 – kukun sho‘r ta’mli ta’siri va qo‘llash natriy sulfat kabi.
Yosh buzoq va sut beruvchi sigir, bolalor devorlarni eb qo‘yadi.
5.Kalsiy tuzlari-Kalsiy xlor CaCl2 – oq kukun, achchiq ta’mli .
Ta’siri: Yurak qisqarishlari kuchaytiradi, qonni ivishi oshadi, qon – tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, shishlar paydo bo‘lishini oldini oladi. Qo‘zg‘algan markaziy nerv sistemasi ni tinchlantiradi. Likotsitlar faganitlar funksiyasini kuchaytiradi, diurezni oshiradi.
Qo‘llash: Shishlarni oldini olish maqsadida, abortlarni oldini olish bachadon yallig‘lanishida, yo‘ldoshni ajratishda, ichki organlarda qon ketganda, Sa etishmovchiligida venaga yuboriladi teri ostiga mumkin emas.
Doza venaga ot 5- 30,0 qoromol 10- 40,0, it 0,1-1,5
Kalsiy glyukanat, kalsiy karbanat(gel).