Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-laboratoriya mashg’ulot: It yoki quyonda aminazin yoki boshqa neyroleptik moddaning rezorbtiv ta’sirini namoyish qilish



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə169/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

9-laboratoriya mashg’ulot: It yoki quyonda aminazin yoki boshqa neyroleptik moddaning rezorbtiv ta’sirini namoyish qilish.
Tajriba maqsadi: Aminazinni markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi neyroleptik ta’siri namoyish qilish.
Kerakli jihozlar: It 2,5% aminazin, shpris, igna, termometr, fanendaskop, paxta idish.
Tajribani bajarish: Itda klinik tekshiruv olib boriladi: tana harorati o’lchanadi, (pulsi) yurak urushi va nafas olishi 1 daqiqada necha martaligi aniqlanadi. Hayvonni erkin holatda turish holati aniqlanadi, harakatchanligi va tashqi ta’sirlarga qanday javob berishi sinab ko’riladi.
Mushak orasiga 2,5% li aminazin eritmasidan 1 kg hayvon vazniga 10 mg dan yuboriladi va hayvonda bo’ladigan o’zgarishlar o’rganiladi. Yurak urushi va nafas olishi tashqi tomondan bo’ladigan ta’surotlarga sezuvchanligi har 10-15 daqiqa mobaynida tekshirib boriladi.
Olingan barcha xulosalar yoki o’zgarishlar protokol shaklida daftarga qayd qilib boriladi. Aminazin yuborilganda bir necha daqiqadan keyin quyonning harakatchanligi susayib boriladi. Quyon yotishga harakat qiladi, uxlay boshlaydi. Ko’ndalang targ’il mushaklari holsizlanadi, tashqi ta’sirlarga va tana harorati pasaya boshlaydi, aminazin uzoq muddatdagi ta’siri sezila boshlaydi.
Xulosa: Aminazin mushaklar orasiga yuborilgandan keyin holsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatar ekan.
Uyqu chaqirish mushaklarni harakatchanligini susaytirish tana haroratini pasaytirish va organizmni og’riq sezuvchanligini susaytirish bilan o’tar ekan.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis Aminasini 25%- 0,3
D.S. Mushak orasiga.
10-laboratoriya mashg’ulot: Quyon yoki boshqa mavjud hayvonda kofein yoki boshqa moddani markaziy nerv sistemasiga rezorbtiv ta’sirini o’rganish


Tajriba maqsadi: Koffeinning marakaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi ta’sirini yuzaga kelishini kuzatishdan iboratdir.
Kerakli jihozlar: Quyon, 25%li etil spirti, 2,5% li xlorolgidrat eritmasi, 20%li kofein benzoat natriyning eritmasi, 3 dona shpris ignasi bilan termometr, fonendoskop, paxta.
Tajribani bajarish: Tajribani boshlashdan oldin quyonning yurak urushi va nafas olishini sanab olamiz hamda tana haroratini o’lchaymiz. Shundan keyin zond yordamida quyon oshqozoniga 1 kg tirik vazniga 16 ml 25% li etil spirti yoki 4 ml 25% li xloralgidrat eritmasi yuboriladi. Quyonga yuborilgan dori modda lari ta’sir qilgandan so’ng qaytadan klinik tekshirish o’tkazamiz va tanaga har 1kg tirik vazniga 0,5 ml hisobida 20% li kofein eritmasida yuboramiz. Quyonda tezlik bilan sezuvchanlik tiklanib, uyqu holatidan chiqadi, nafas olish chuqurlashadi va tezlashadi. Hayvon yana klinik ko’rikdan o’tkaziladi va natijalari quyidagi protokolga yozib qo’yiladi.


Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin