7-laboratoriya mashg’ulot: Baqa yoki boshqa hayvonlarda xloroform yoki efirning rezorbtiv ta’sirini namoyish qilish.
Tajriba maqsadi: Asta-sekin markaziy nerv sistemasining,ya’ni avval bosh miya po’stlog’i qismini va orqa miya ish faoliyatini susayishi ko’zatiladi. Bir necha vaqtdan keyin esa tiklanish yuzaga kela boshlaydi ya’ni yuqoridagi o’zgarishlar orqaga qaytadi.
Kerakli jihozlari: 2 dona baqa, efir yoki xloroform eritmasi, shisha qoplagich va shisha oyna, paxta, pipetka.
Tajribani bajarish:Baqa 1litr hajmdagi yumaloq shisha silindrga qamaladi va uning umumiy holati, o’zini tutishi, terisining rangi, har xil tashqi ta’surotlarga javob berishi, nafas olishi, (jag’ osti xaltachasi harakatidan yoki ko’krak devoridan) tekshiriladi.
Shundan keyin ozgina paxtaga 5 tomchi xloroform tomizilib shisha silindr ichiga kirishiladi. Baqa har 5 daqiqa mobaynida kuzatuv olib boriladi. Baqadagi umumiy holat o’zgarishlar olib boriladi, ya’ni nafas olishi sanaladi, tashqi ta’sirlarga javobi teri rangining o’zgarishi va narkoz holatiga tushish vaqti va uning qancha vaqtgacha cho’zilishi kuzatib boriladi.
Baqa narkoz holatiga tushgandan keyin shisha silindr ichidan chiqarilib ochiq havoda shisha ustida qo’yiladi.
Asta–sekin baqaning tashqi tomog’idan bo’layotgan ta’sirlariga javobi va sezuvchanligi qay holatda tiklanishi kuzatiladi:
a). ko’z qorachig’i
b). orqa oyoqlar
v). oldingi oyoqlar
d). 1daqiqada nafas olish soni
y). iloji boricha yurak urushini sanash kerak
g). qachon normal holatda qaytadi
Xulosa: Efirli yoki xloroformli narkoz markaziy nerv sistemasini susaytiruvchi ta’siri tufayli vujudga keladi.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis Aetheris pro narcosis gtt. V
D.S. Hidlatish uchun.
8-laboratoriya mashg’ulot: Quyonda yoki boshqa hayvonda magniy sulfatning rezorbtiv ta’sirini namoyish qilish.
Tajriba maqsadi: Magniy sulfatning parenteral yo’l bilan yuborilganda asta-sekin markaziy nerv sistemasini faoliyatini susaytiruvchi ta’sirini hamda kalsiy xlorni antidot ta’sirini kuzatish.
Kerakli jihozlar:Quyon fanendoskop, termometr, vata, spirt, shpris va ignalar, 25 %- li magniy sulfat eritmasi 10 %- li kalsiy xlor eritmasi.
Tajribani bajarish:Tajribadan oldin quyon tortiladi, yurak qisqarishlari va nafas olishi sanaladi, ko’z qorachiqlari, quloq tomirlari holati reflekslari tekshiriladi.
So’ngra belgilangan miqdorda ( 4 ml 1kg og’irligi hisobida) magniy sulfat eritmasi quyon terisi ostiga, har ikkala quloq ostiga yuboriladi va 5 daqiqa davomida uqalanadi.
20 daqiqadan so’ng narkoz paydo bo’lgandan keyin quloq venasiga kalsiy xlorni 5% li eritmasidan 1 kg og’irligiga 4 ml o’lchab olinib antidot sifatida yuboriladi. Bu dori vena orqali yuborilganda magnezial narkozni darhol inkor qiladi.
Ushbu dorilar ta’rifidan quyon organizmida bo’lgan o’zgarishlar to’g’risida qaror yoziladi.
RETSEPTLAR YOZISH:
Rp.:Solutionis Magnesii sulfatis 25%- 4.0
D.S. Teri ostiga. 1-martaga.
#
Rp.:Solutionis Calcii chloridi 5 %- 4.0
D.S. Vena qon tomiriga.