Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-laboratoriya mashg’ulot: Arekolin va atropin eritmalarini quyon ko’ziga ta’sirini alohida antogonistik ta’sirini kuzatish



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə171/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

12-laboratoriya mashg’ulot: Arekolin va atropin eritmalarini quyon ko’ziga ta’sirini alohida antogonistik ta’sirini kuzatish
Tajriba maqsadi: Arekolin va antipirinning ta’sirini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Quyon, 1%li arekolin 1% li atropin eritmasi, vata, fanendoskop, termometr, pipetka, ignalar.
Tajribani bajarish: Dastlab hayvonning umumiy holati, yurak qisqarishlari va nafas olish soni, ko’z qorachiqlarini yorug’lik va qorong’ulikdagi holati, ko’z olmasi qavariqligi, ko’z shilliq pardalari va kon’yuktevi rangi tekshiriladi.
Keyin kon’yuktevi xaltasiga yuqoridagi preparatlarni birortasidan 2 tomchi tomiziladi, ya’ni parasimpatik nerv sistemasini qo’zg’atuvchilardan.
Ko’z qorachig’i birdan torayadi, ko’z qorachig’lari toraygandan so’ng darhol shu ko’zga 2 tomchi 1%- li atropin eritmasidan tomiziladi va ko’z qorachiqlarini kengayganini ko’rish mumkin. Hamma o’zgarishlar daftarga qaror shaklida yozib boriladi.
Xulosa: Arekolin yuborilganda parasimpatik nerv sistemasini qo’zg’atadi. Atropin esa uni blakada qiladi.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis arecolini hydrobromidi 1% – gtt II
D.S. Konyuktivaga tomizish uchun.
#
Rp.:Solutionis atropini sulfatis 1%- gtt II
D.S. Konyuktivaga tomizish uchun


13-laboratoriya mashg’ulot: Xolinomimetik dorilar (arekolin va karboxolin)ning eshak organizmiga rezorbtiv ta’sirini nomoyish qilish.


Tajriba maqsadi: Arekolin va atropinni antogonistik ta’sirini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Eshak, 1% - li arekolin, fanendoskop,1%-li atropin eritmasi, shpris va ignalar, spirt.
Tajribani bajarish: Dastlabki eshakning umumiy holatini, yurak qishqarishlari soni, nafas olish soni, tana harorati, ko’z qorachiqlar holati, terlashi, peristaltika tekshiriladi. So’ngra eshakning bo’yin oblasti terisi ostiga arekolin eritmasidan yuboriladi va 5 daqiqa o’tgandan so’ng eshak organizmida bo’ladigan o’zgarishlar qaror shaklida daftarga yozib boriladi. Hayvonni qo’zg’algan holati kuzatiladi, ter chiqadi, so’lak ajratish ko’z yoshi oqishi kuchayadi, oshqozon – ichak yo’li peristaltikasi siydik ajrtish yo’li defikasiya akti tezlashadi, vaqtinchalik puls, nafas olish tezlashib ko’z qorachig’i qisqaradi.
So’ngra eshak terisi ostiga atropin eritmasidan yuboriladi va oradan 10 daqiqa o’tgach yuqorida qayd etilgan o’zgarishlar yo’qoladi.
Xulosa: Arekolin yuborilganda parasimpatik nerv sistemasini qo’zg’atadi. Atropin esa uni blakada qiladi.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis Arecolini hydrobromidi 1% – 2,0
D.S. Teri ostiga.
Rp.:Solutionis Atropini sulfatis 1%- 2,0
D.S. Teri ostiga.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin