Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-laboratoriya mashg’ulot: Quyonda yoki mavjud bo’lgan hayvonda novokainni mahalliy ta’sirini tajribada kuzatish



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə172/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

14-laboratoriya mashg’ulot: Quyonda yoki mavjud bo’lgan hayvonda novokainni mahalliy ta’sirini tajribada kuzatish.
Tajriba maqsadi: Novokainni mahalliy anesteziyalovchi ta’sirini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Baqa yoki quyon, 1%-li novokain eritmasi, shpris, igna, vata.
Tajribani bajarish. Quyon ko’zi kon’yuktivasiga turli xil va turli konsentrasiyadagi mahalliy anesteziyalovchi dorilarni tomizib, ta’sirini kuzatish:
4% - li novokain eritmasi
2% - li dikain eritmasi
1% - li kakain eritmasi
2% - li eykain eritmasi
Quyon kipriklari qirqiladi, keyin o’ng ko’ziga 1-2 tomchi yuqorida ko’rsatilgan eritmalardan biri tomiziladi va ko’zning holati kuzatiladi. Bunda ko’zning anesteziya holati, uni davom etishi, qon tomirlar holati, ko’z qorachig’i tekshiriladi, nafas olish soni sanaladi.
Chap ko’zda dorilar tomizilmay nazorat qilinadi.
Xulosa: Novakain sezuvchan nerv uchlariga mahalliy anesteziyalovchi ta’sir ko’rsatadi.
RETSEPTLAR YOZISh
Rp.:Solutionis Novocaini 0.5% - 5,0
D.S. Infiltrasion blakada uchun.


15-laboratoriya mashg’ulot: Og‘ir metall tuzlarini oqsil moddalarga ta’sirini namoyish qilish.
Tajriba maqsadi: Talabalarga og‘ir metall tuzlarini oqsil moddalarga ta’sirini o’rganish va qo’llash tartibi o’rganish.
Kerakli jihozlar: turli xil dori vositalari, shpris, igna, pipetkalar, kolbalar, vata.
Ishqoriy va ishqoriy – er metal tuzlari.
1.Natriy tuzlari-Natriy xlor – ba’zi bir ko‘l va dengiz suvlaridan olinadi, oq rangda, hidsiz sho‘r ta’mli
Ta’siri: Mahalliy natriy xlor qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Terida ta’siri yo‘q, lekin hazm sistemasida tushgach so’lak, oshqazon, ichak sekretsiyasini reflektor qo‘zg‘ab, pepsin va xlorid kislota ishlab chiqarishga yordam beradi, peristal’tikani kuchaytiradi, ichakda ozuqa moddalarni so‘rilishini kuchaytiradi.
Gippertonik eritmalar antiseptik, achishga qarshi ta’sir etadi, chirishni to‘xtadi.
Natriy xlor so‘rilgan moddalar mineral almashinuvida qatnashadi, organizmda
osmatik muvozanatni ushlab turadi va moddalar almashivini tezlashtiradi.
Qo‘llash. Ovqat hazm qilishni kuchaytirish va tam beruvchi vosita sifatida o‘txo‘r hayvonlar beriladi; yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida vaginit va metritlarda, gastritlarda qo‘llaniladi vena tomiriga kavshovchilar atoniyasida otlar sanchig‘ida 10% li eritmalari.
Izotonik eritmalari siydik haydovchi sifatida zaharlanishlarda teri ostiga yoki venaga yuboriladi. Doza: venaga otga 10,0 -75,0, qaromolga 20,0- 100, qo‘yga 1,0 -15,0 itga 0,1-2,0

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin