# Retsept tayyor holatida yozilishi:
Rp.: Unguenti Ichthyoli 10% - 100,0
D.S.Tashqi tomonga qo’llash uchun.
Pasta - Pasta, Pastae Pasta- quyuq maz bo’lib, 25 foizdan ortiq quriq dori moddalar va shakl beruvchi vositalardan tashkil topgan yumshoq dori shaklidir.
Pastalar ham mazlar singari tashqi teri yuzasiga qo’llash uchun tavsiya etilib, ular teri yuzasida mazlarga qaraganda uzoq saqlanadi hamda mahalliy ta’siri ham uzoq davom etadi.
Pasta shaklida dori vositalari uyuvchi, kuydiruvchi va yallig’lanishlarga qarshi ta’sir ko’rsatib teri yallig’lanishlarida yaralarni tezroq bitishi va uni tuliq tiklanishiga olib keladi.
Pastalar tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida, hayvon tana haroratida erib ketmaydigan va hayvon terisida uzoq saqlanadigan moddalar olinib qo’shiladi:
Bunday vositalardan:
Kartoshka kraxmali -Amylum solanum
Oq gil -Bolus alba
Rux oksidi-Zincum oxudatum
Talk-Talcum va boshqalar.
Retseptda pastalar ofisinal, tayyor holida yoki tarkibiy qismlari kursatilib yozib beriladi.
Topshiriq : Rux salisilat pastasini tayyorlash
Salisilat kislotasi-0,2
Rux oksidi- 2,5
Kartoshka kraxmali-2,5
Vazelin -4,8
Pasta tayyorlash uchun dori moddasi va shakl beruvchi vositalar ulchab olinib xavonchaga solinadi va bir xil ko’rinishdagi massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan pasta xavonchadan olinib maxsus idishlarga solinib, yorliq yopishtiriladi.
Retseptda:
Rp.: Acidi saliculati-0,2
Zinci oxydati -2,5
Amylum solani-2,5
Vaselini-4,8
M.f. Pasta
D.S. Tashqi teri yuzasiga surtish uchun.
# Retseptda ofisinal tayyor holatida
Rp.: Pastae Zinci salicylatae - 10,0
D.S. Tashqi teri yuzasiga surtish uchun