Maz - Unguentum, Unguenti Maz- yumshoq shakldagi dori vositasi bo’lib, tarkibi ikki qismdan asosiy ta’sir etuvchi dori vositasi hamda shakl beruvchi vositalardan tashkil topgan.
Mazlar asosan tashqi tomonga qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Mazlarni mahalliy ta’siri asosan yallig’lanishlarga qarshi, qitiqlovchi hamda dezinfeksiyalovchi sifatida qo’llaniladi.
Maz shaklidagi dori vositalarni tayyorlashda asosan quyidagi shakl beruvchi moddalar qo’llaniladi:
Vazelin -Vaselinum
Lanolin-Lanolinum
Tozalangan cho’chqa yog’i-Adeps suillus depuratus
Buqa yog’i-Sebum bavinus
O’simlik moylari:
a) Kunjut moyi-Oleum sesami
b) kungaboqar moyi- Oleum Helianthi
v) zig’ir moyi- Oleum Lini
g) kanakunjut moyi- Oleum Ricini
Glitserin-Glycerinum
Sariq mum-Cera flava
Mazlar qo’llanishi va ta’sir etishga qarab ikki guruhga bo’linadi:
Terining faqat yuza qismiga ta’sir etuvchi mazlar
Teri osti to’qimalarga ya’ni chuqur ta’sir etuvchi mazlar. Farmasevtik zavodlarda ya’ni ofisinal usulda tayyorlanadigan mazlar:
Mazlar asosan har xil foizlarda tayyorlanib, retseptda necha foizda bo’lishligi ko’rsatiladi.
Topshiriq:10% ixtiyol mazini tayyorlash :
1.Ixtiyol -10,0
2.Vazelin - 90,0 olinib xavonchada yaxshilab aralashtiriladi va kerakli idishga solinib, yorliq yozilib yopishtiriladi.
Retsept:
Rp.: Ichthyoli -10,0
Vaselini –90,0
M.f. Unguentum
D.S. Tashqi tomonga qo’llash uchun.