Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-laboratoriya mashg’ulot: Emulsiya va shilliq modda dori shakllarini tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə159/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

3-laboratoriya mashg’ulot: Emulsiya va shilliq modda dori shakllarini tayyorlash texnologiyasi.


Darsning maqsadi:
1.Emulsiya tayyorlash texnologiyasini va ularni qo’llanishi to’g’risida ma’lumotlarni o’rganish.
2.Tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
3.Shilliq modda dori shaklini tayyorlash texnologiyasini va ularni qo’llanilishi to’g’risida ma’lumotlarni o’rganish.
4.Tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
Darsning o’tkazish usuli: Laboratoriya mashg’ulot darsida talabalarga emulsiya va shillimshiq dori shakllarini tayyorlanish texnologiyasi urgatish. Mashg’ulot paytida ushbu dori shakllari tayyorlanadi.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar: kanakunjut urug’i, kanakunjut moyi, oq gil, suv, suzgich, xavoncha, shisha idishlar, yorliq (etiketka).
Emulsiya - Emulsa – suvda erimaydigan muallaq holatda saqlanadigan, suyuq dori shaklidir.
Emulsiya erituvchidan: suv, qaynatma, damlama va erimaydigan moddalardan – moydan tashkil topadi.
Erimaydigan moddalarni suvda eriydigan holatiga keltirish uchun emulgatorlar qo’shiladi.
Emulgatorlar bo’lishi mumkin: agar-agar, jelatoza, jilatina, oqsil moddalar, kraxmal, lanolin va h.k.
Emulsiya ikki xil bo’ladi
1. Haqiqiy emulsiyalar - tarkibida moylar saqlaydigan o’simliklar urug’idan yoki donidan olib tayyorlanadi. Bunday emulsiyalarga emulgatorlar qo’shilmaydi, chunki olinadigan urug’lar tarkibida emulgatorlar vazifasini bajaruvchi vositalar (oqsil, shilimshiq moddalar, pektin, saponin va h.k.) mavjud bo’ladi.
2. Yolg’on emulsiyalar esa asosan 3 ta tarkibiy qismdan ya’ni moy, suv va emulgatordan iborat bo’ladi.
Dorivor vositalarni emulsiya shaklida qo’llashdan asosiy maqsad:
1. Vositalarning qo’zg’atuvchi xususiyatlarini susaytirish.
2. Vositalarni tez surilishini ta’minlash.
3. Erimaydigan va aralashmaydigan vositalarni qo’shish.
4. Quyuq moylarni suyultirib, qabul qilishni yengillashtirish.
5. Yoqimsiz ta’mni yaxshilash.
6. Aralashmaydigan suyuqliklarni aniq dozalashdan iboratdir.
Emulsiya asosan ichga, qisman esa tashqi tomonga qo’llash uchun ishlatiladi.
Topshiriq: 1.Haqiqiy emulsiya tayyorlash uchun zigir, kunjut, kana kunjut, yer yeng’oq urug’lari va h.k. olinishi mumkin. Ushbu urug’dan kerakli miqdorda olinib, xavonchada suv bilan yuviladi va sutsimon massa hosil bo’lgancha eziladi. Suv 1:10 nisbatda olinib, tomchilab qo’shib aralashtirib boriladi.
Tuliq aralashgandan so’ng suzgichdan o’tkazilib toza maxsus idishga solinadi va oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi.
3.Yolg’on emulsiya tayyorlash uchun esa havonchaga 2.5 gr. oq gil, 5,0 kanakunjut moyi va suv olinadi. Aralashma xavonchada qaymoqsimon suyuqlik hosil bo’lguncha tuliq arashtiriladi va unga 42,5 ml suv tomchilab aralashtirib qo’shib boriladi. Hosil bo’lgan suyuqlik yani emulsiya maxsus toza idishlarga solinadi va oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi. Yorliqga (etiketkaga) dori shaklining nomi, miqdori va tayyolangan vaqti hamda yaroqlilik muddati ko’rsatiladi. Shuningdek yorliqga (etiketkaga) «qo’llanishdan oldin aralashtirilsin» hamda «salqin joyda saqlansin» degan so’zlar yozib ko’rsatiladi.
Retsept:
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi S.Ayniy ko’chasi 11 uy
15
20--------15
VI
itga, laqabi «Chapa» egasi
Niyozov X., Bobur ko’chasi 31 uy
vetvrach Xoliqov A.
Rp.: Semenis lini – 10,0
Aquae destillatae – 100,0
M.f. emulsum
D.S. Ichga, 20 grammdan ertalab va kechqurun ichirilsin.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin