Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


T/r Erituvchilar nomlari



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə155/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

T/r

Erituvchilar nomlari

Lotincha nomlanishi

Tayyorlangan dori vositalarni organizmga yuborish yo’llari.

1.

Oddiy ichimlik suvi

Aqua fontana

Tashqi tomonga

2.

Qaynoq suv

Aq.cocta

Ichga va tashqi

3.

Distillangan suv

Aq.destillata

Ichga va tashqi

4.

Ikki marta distillangan suv

Aq.bidestillata

Ine’ksiya qilish

5.

Etil spirti 20-33%

Spiritus aethylicus

Vena qon tomiri ichiga




Etil spirti 20%

Spiritus aethylicus

Ichga ichirish




Etil spirti 70%

Spiritus aethylicus

Tashqi tomonga

6.

Etilli efir

Aether aethylicus

Tashqi tomonga va ingalyasiya uchun

7.

Vazelin moyi

Oleum Vaselini

Tashqi tomonga

8.

Shaftoli moyi

Oleum Persicorum

Ine’ksiya qilish (teri ostiga va muskul orasiga)

9.

Bodom moyi

Oleum Amygdalazum

Ine’ksiya qilish (teri ostiga va muskul orasiga)

10.

Zaytun moyi

Oleum Olivarum

Tashqi tomonga

11.

Kungaboqar moyi

Oleum Helianthi

Tashqi tomonga

12.

Zig’ir moyi

Oleum Lini

Tashqi tomonga

13.

Kana kunjut moyi

Oleum Ricini

Tashqi tomonga

Bundan tashqari amaliyotda teri parazitlariga qarshi qo’llash uchun eritmalar tayyorlashda, erituvchi sifatida solyarka moyi, kerosin va benzin ham ishlatilishi mumkin.
Eritmalar qo’llanilishiga qarab 3 guruhga bo’linadi:

  1. Ichga qabul qilish uchun

  2. Ine’ksiya qilish uchun

  3. Tashqi tomonga qo’llash uchun

- Ichga qabul qilish uchun tayyorlangan eritmalar retseptlarda divizion usulda dozalarga bo’linmagan holatida yozib beriladi.
Rp.: Calcii chloridi – 15,0
Aquae destillatae - 150 ml
M.f. solutio
D.S. Ichga, kuniga 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
#
yoki Rp.: Solutiones Calcii chloridi
10% - 150 ml
D.S. Ichga, kuniga 1 osh qoshiqdan 3 mahal
- Ine’ksiya qilish uchun tayyorlangan eritmalarni asosiy xususiyatlaridan biri, aniq dozalangan va sterillangan bo’lishligidir. Bunday eritmalar shpris va igna yordamida, teri ostiga, muskul orasiga va vena qon tomiri ichiga, kamdan-kam hollarda arteriya qon tomiri va yurakka yuborilishi mumkin.
Misol uchun: Itga galantamin gidrobromidning 0,001 g. dozada, teri ostiga 10 ta ine’ksiya qilish uchun retsept yozish kerak. Dorini dozalash usuli asosan 0,001 x 10= 0,01g, Erituvchi – distillangan suv, hajmi 1ml. Shuning uchun 10 marta yuborish uchun 1ml x 10= 10ml
Rp.: Galanthamini hydrobromidi – 0,01
Aq. destillatae – 10 ml
m.f. Solutio. Sterillis
D.S. Teri ostiga 1 mldan kuniga 2 mahal.
#
Agar ofisinal usulda bo’lsa
Rp.: Sol. Galanthamini hydrobromidi
sterilyeisatae
0,1% - 10ml
D.S. Teri ostiga, 1 mldan kuniga 2 mahal.
-Tashqi tomonga qo’llanish uchun tayyorlanadigan eritmalar retseptda ko’p miqdorlarda yozib ko’rsatiladi. Bunday eritmalarni xirurgik asbob uskunalarni zararsizlantirish, xonalarni dezinfeksiya qilish va yallig’lanishlarda tana bo’shliqlari va yuzasini yuvish uchun qo’llaniladi.
Misol uchun: Rp.: Solutiones Kaliy permanganatis 1:1000 – 500 ml
D.S. Og’iz bo’shlig’ini yuvish uchun.
#
Rp.: Chloramini B – 1,0
Aq. destillatae ad – 100 ml
m.f. solutio
D.S. tashqi tomonga.
Misol uchun: Kaliy permanganatning 1:1000 (0,1%) nisbatdagi eritmasini 1 litr miqdorida yarani bir marta yuvish uchun sarflansa 5%li eritmadan qancha olinadi.
Qo’llaganda, bir marta yarani yuvish uchun 1 litr sarflansa
eritmani talab etilgan miqdori (ml)X kerakli foiz miqdori
-------------------------------------------------------------------------------------- =
bor bo’lgan foiz miqdori.

1000 ml · 0,1%


----------------------- = 20 ml
5 %

Shundan kurinib turibdiki 1 litr kaliy permanganatning 1:1000 (0,1%) nisbatdagi 1 litr eritmasini tayyorlash uchun uning 5%li eritmasidan 20 ml olish kerak ekan.


Topshiriq : – Laboratoriya sharoitida natriy xlorning 0,9 foizli sterillangan 100 mlli eritmasini tayyorlang va retsept yozing.
0,9 % li 100 ml sterillangan natriy xlorid eritmasini tayyorlash.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin