Klozantel(Clozantel)-o‘xshash preparatlari, klozanteks, klozantin, rolenol, 10%li sontel, faskoverm, in’eksiya qilish uchun ishlab chiqarilgan preparatlari, nematod, trematod va ovod lichinkalariga qarshi yuqori ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega.
Dori berilgandan keyin 28 kun o‘tganidan so‘ng hayvonni go‘shtga so‘yish mumkin.Teri ostiga va muskul orasiga:Y.SH.H-2.5-5, M.SH.H-5-7.5 mg/kg.
Ivermik-in’eksiya uchun. Parazitlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositasi bo‘lib o‘ziga xos murakkab suvli eritma, tarkibida ivermiktin va B vitaminini saqlaydi. Parazitlarga qarshi keng doiradagi yuqori darajada, samarali ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega preparat hisoblanadi.
Xususiyatlari-Nemotosidlarga, ovosidlarga va aroxno-entomosidlarga qarshi, keng doiradagi ta’sirga ega.
-Kichik doiralarda ham yuqori terapevtik samaradorlikka ega.
-10-14 kun davomida organizmda ta’siri doimiy mavjud bo‘ladi.
-o‘ziga o‘xshashlariga nisbatan kam zaharlik xususiyatiga ega.
-muskul orasiga yuborilganda, tezda terapevtik samaradorligini ta’minlaydi.
Tarkibi:1 ml tarkibi,10 mg ivermiktin va 40 mg E vitaminini saqlaydi, shuningdek tarkibida ya’ni shakl beruvchi yordamchi vositalar ham mavjud.
Farmokologik ta’sir xususiyati. Oshqozon-ichaklar tizimi va o‘pka nematod lichinkalari va yetilgan shakllariga, bit, qon so‘ruvchilar va sarkoptoidli kanalarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Preparat parazitlarning, neyrolidiatarlarni faoliyatini kuchaytirib, gammaamin yog‘ kislotasini tormozlaydi. Natijada nerv ta’sirotlarini uzatish buziladi va parazitni falaj bo‘lib o‘limga olib keladi.
Ivermik yuborgan joydan tezda so‘rilib, hayvon organ va to‘qimalariga tarqaladi. Shundan so‘ng parazitlarga qarshi 10-14 kun davomida ta’sir ko‘rsatadi.
Tavsiya etilgan dozalarida qo‘llanilganda embronotoksik, teratogen va mutagen kabi salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ivermik organizmdan siydik va o‘t suyuqligi orqali, sog‘iladigan hayvonlarda sut bilan ham ajratib chiqadi, tashqi muhitda preparativ tezda parchalanib ketadi