8-amaliy mashg’ulot: Sulfanilamidlar va nitrofuranlar guruhi dori preparatlai antigelmentik preparatlarga turli shakllarda retseplar yozish. Darsning maqsadi: Bu amaliy mashg’ulotda talabalarga sulfanilamidlar va nitrofuranlar bo’yicha tuzilgan ko’rgazmali jadvallar bilan ishlash va preparatlari bilan tanishtiriladi. Har xil usullarda retseplar yozish.
Darsning o’tkazish usuli: kafedrada mavjud bo‘lgan sulfanilamidlar va nitrofuranlar dori moddalari bilan tanishtiriladi.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar: Streptotsid, norsulfazol, sulfadimezin, sulfantrol, urosulfan, furatsilin, furazolidon, furazonal, albendazol, drontal, evermektin, klozantel jadvallar, plakatlar. Sulfanilamidli preparatlar Sulfanilamid dorilari-sintetik sulfanil kislota unumlaridan olinadigan dori moddalar bo‘lib, yuqumli kasalliklarda protozoyli infeksiyalarda qo‘llaniladigan vositalar.
Bu preparatlar streptokkoklar pnevmokokklar enterokokklarga bazilari stafilokokklarga ichak tayoqchasiga sodda hayvonlarga va viruslarga kuchli antimikrob ta’sirga ega. Ular organizmda bakteriostatik organizmdan tashqarida va katta dozalarda-bakteriotsid tasirga ega.
Preparatlari 1. Streptotsid.
2. Norsulfazol.
3. Sulfazin.
4. Sulfadimezin.
5. Sulfatsil.
6. Urosulfan.
7. Etazol.
8. Ftalazol.
9. Sulgin.
10. Sulfantrol.
11. Biseptol.
12. Zinaprim.
Ta’sir mexanizmi PABK ni konkurent antogonizmiga asoslangan. PABK mikroblarni rivojlanishi uchun kerakli modda bu siz mikroblar o‘sishi yashashi mumkin emas. Sulfanilamidlar mikroblar PABK ehtiyoj sezib sulfanilamidlar PABK sini o‘ziga qabul qiladi. Bu PABK esa mikroblarni rivojlanishdan to‘xtadi.
Organizmda 6-8 soat turadi kuniga 3 marta qo‘llaniladi sulfanilamidlar organizmga so‘rilgan faqat mikroblarga emas balki butun organizmga ham ta’sir etadi, yani yallig‘lanishi susaytiradi, regeneratsiya holatlari tezlashadi.
So‘rilish darajasi va qo‘llanilishi bo‘yicha qiyin guruhlarga bo‘linadi. Ichaklarda uzoq muddat qolib, lekin so‘riluvchi sulfanamidlar: ftalazol etazol,sulsin.Bular yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarida qo’llaniladi.
Ichaklardan tez so‘rilib, organizm organ va to‘qimalarida uzoq saqlanadiganlar: norsulfazol, sulfadimezin, sulfazin. Bular umumiy infeksiyalarda va nafas organlari kasalliklarida.
Buyrakda tez to‘planadigan va uzoq vaqt siydik yo‘llarida saqlanadiganlar: sulfatsil va urosulfin, siydik ayiruv kasalliklarida.
Prolangator ta’sirga egalari: sulfadimtoksin, sulfapiridazin. Bular kuniga 1 marta nafas kasallik va umumiy infeksiya qo‘llaniladi. Bu preparatlar hayvonlarga og‘iz orqali, tashqi tomonga, venaga ham yuboriladi. Antibiotiklar bilan birga qo‘llansa effekt oshadi. Novakain bilan ta’qiqlanadi.