Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə150/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Nitrofuran preparatlari.
Bu preparatlar o‘z molekulasida NO2- nitroguruhni saqlaydi, qaysikim bu kuchli antimikrob ta’sirga ega. Hamma preparatlari sariq rangli, suvda qiyin eriydi, ularni hayvonlarga zaharli ta’siri kam, oshqozon ichakda sekin so‘riladi, yara va shilliq pardalarni qitiqlaydi.
Gramm musbat, gramm manfiy, yirik viruslar va bazi zamburug‘larga kuchli antimikrob ta’sirga ega. Kichik dozalarda bakteriostatik, katta dozalarda bakteriotsid ta’sirga ega. Bakteriotsid ta’siri shunga asoslanganki, nitrofuranlar ta’sirida mikroorganizmlar kislorod yutishi buzilib, oksidlanish-tiklanish holatlari o‘zgaradi. Organizmda 7-8 soat turadi shuning uchun kuniga 3 marta qo‘llaniladi.
Nitrofuranlar streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, ichak tayoqchasi, salmonella, trixomonada, koksidiya va mikroblar chaqiradigan kasalliklarda qo‘llaniladi.
Preparatlari
1. Furatsilin.
2. Furazolidon.
3. Furadonin.
4. Furagen.
5. Ftazofur.
6. Furazonal.
7. Furazolin.
Furatsilin- og‘iz, burun, tomoq, shilliq pardalari yallig‘langanda metrit va vaginitlarda hamda yiringli yaralarda 1:5000 nisbatda qo‘llaniladi.
Furazolidon - oshqozon ichak kasalliklarida dispepsiya, dizenteriya, paratif, kolibakteriozda, koksidioz, pullaroz va h.k.
Endometritlarda furazolidon tayoqchalari qo‘llanadi.
Fitonsidlar.
Bular – antibiotiklarga o‘xshab ta’sirga ega, lekin o‘simliklardan olinadigan antimikrob moddalar fitonsidlar to‘qimalarda askorbin kislota hosil bo‘lishiga yordam beradi, yaralarni tuzatadigan va yallig‘lanishlarga qarshi ta’sir etadi.
Sarimsoq piyoz. Undan allatsin antibiotik ajratib olingan.
Yangi olingan shirasi bakteriotsid, dezodorant, yaralarni tuzatadigan ta’sir qiladi.
Og‘iz orqali qabul qilinsa ishtahani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, peristaltikani kuchaytiradi, og‘riqlarni kamaytiradi. Qonga so‘rilgach tomirlarni kengaytirib qon bosimni tushiradi, yurak ishini yaxshilaydi.
Yangi olingan sarimsoq piyoz shirasi jarohat va yaralarni davolaydi. Antigelment (ostritsa) ta’sir qiladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin