Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə145/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Nojo‘ya ta’sirlar: Imisan mazkur qo‘llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, hayvonlarda nojo‘ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og‘riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaksiya bo‘lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin. Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo‘lishi mumkin (holsiz holati, notinchlik, ko‘p so‘lak oqishi, ko‘z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin sulfat eritmasi yuboriladi.
Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda elektrolitlar eritmalarini qon tomirga yuborish va simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi intensiv davolash o‘tkazilishi lozim.
Man etilgan holatlar: Preparat teri ostiga yoki qon tomirga qo‘llanmaydi (itlardan tashqari). Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaksina bilan vaksinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo‘llash taqiqlanadi. Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash taqiqlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar: Preparatni qo‘ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo‘limli shkalasi bo‘lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar in’eksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo‘lishi kerak. Preparat qo‘llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo‘laniishi tavsiya etiladi.Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo‘lsa, og‘riq bo‘lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga yuborish lozim. Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o‘tkazishi lozim. Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o‘tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo‘lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
Kutish davri: Qoramol va qo‘ylarni go‘sht uchun so‘yish Imisan preparatini oxirgi qo‘llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan hayvonlarning go‘shti go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Sog‘iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo‘llashdan keyin kamida 7 sutkadan so‘ng ruxsat etiladi.
Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga edirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog‘iladigan qo‘ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin