Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə142/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Berenil-Hoechs firmasining mahsuloti bo‘lib, sariq rangli, yengil-amorf kukun, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydigan preparatdir. Davolash uchun uning 7 foizli suvdagi eritmasidan 3,5 mg/kg.dan molning har 100 kg tirik vazniga 5 ml dan mushak orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Ba’zi vaqtlarda preparat qo‘llanilgandan so‘ng mollarda bezovtalanish, qaltirash va so‘lak oqish hollari yuz beradi. Ammo bunday holatlar 10-15 daqiqadan keyin asoratsiz o‘tib ketadi.
Azidin - Rossiya Federatsiyasining mahsuloti. Sariq rangdagi yengil amorf kukun, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydi. Piroplazmozni davolash uchun preparatning 7 foizlik suvdagi eritmasidan molning har 100 kg tirik vazniga 5 ml dan mushagi orasiga yoki teri ostiga (3,5 mg/kg) miqdorda qo‘llaniladi. Og‘ir hollarda 18-24 soatdan keyin yana bir marta shu miqdorda qo‘llanish tavsiya etiladi. Ba’zi vaqtlarda berenilni qo‘lagandagidek noxushliklar yuz beradi, ammo bu holatlar 10-15 daqiqadan keyin asoratsiz o‘tib ketadi.
Imidokarb-KUPER (Angliya) firmasining mahsuloti.Qaymoq rangdagi kukun, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydi. Piroplazmozni davolashda preparatning 4 foizlik suvdagi eritmasi tayyorlanib, molning har 100 kg. tirik vazni hisobiga 5 ml.dan (2 mg/kg) mushagi orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Imidokarbni qo‘llagandan keyin gohida 10-15 daqiqa davomida behollik va so‘lak oqish holatlari yuz berishi mumkin.
Imizol - Imidokarbning 12 foizlik preparat shakli bo‘lib, undagi asosiy ta’sir etuvchi modda imidokarbdir. Piroplazmozni davolash uchun har 100 kg tirik vazniga 5 ml dan mushak orasiga yoki teri ostiga yuborish tavsiya etiladi.
Diamidin - Rossiya Federatsiyasining (VGNKI) mahsuloti. Oq qizg‘ish rangdagi kukun, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydi. Piroplazmoz bilan kasallangan mollarni davolashda preparatning 4 foizlik eritmasidan molning har 100 kg.tirik vazni hisobiga 5 ml.dan (2 mg/kg) mushagi orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Diamidinni qo‘llagandan keyin 10-15 daqiqa davomida molning mushagi qaltirashi va so‘lak oqish holatlari yuz berishi mumkin.
Etdin - etoniy va diamidin preparatlarining 4 foizlik suvli aralashmasi. Piroplazmoz bilan kasallangan mollarni davolashda molning har 100 kg. tirik vazni hisobiga 5 ml. dan mushagi orasiga yoki teri ostiga yuborish tavsiya etiladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin