Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Eritromitsin (Erythromycinum)



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə140/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Eritromitsin (Erythromycinum). Oq rangdagi, hidsiz, achchiq ta’mga ega bo‘lgan kukun eritromitsin suvda kam, spirtda yengil eriydi. 1 TB= 1 mkg. Maz shaklida terini yeringli jarohatlarida, infeksiyalangan yaralar va kuyishlarda qo‘llaniladi. Katta hayvonlarga – 5, o’rtachalariga-10, mayda hayvonlarga esa – 20 mg/ kg miqdorida, 1 kunda 3 martadan qo‘llash tavsiya etiladi.
Eritromitsin fosfat (Erythromycini Fhosphas) Eritromitsinning fosforli tuzi, muskul orasiga va vena qon tomiri ichiga yuborilib qo‘llaniladi. Asosan pnevmaniya kasalligida tavsiya etiladi.
Dozasi: 3-7 mg/ kg.
Oleandomitsin fosfat (Oleandomycini phosphos). Achchiq ta’mli, oq – sariqsimon kukun. Suvda, aralashtirilgan kislota eritmasi va spirtda yengil eriydi. Eritromitsinga o‘xshash mikroblarga qarshi, asosan grammusbat mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Uni gasroenterit, pnevmaniya, metrit, endometrit kabi kasalliklarida qo‘llash tavsiya etiladi.
Azitromitsin (Azithromycin). Eritromitsinni yarim suniyli unumi. Makrolidlar ichidagi faol antibiotiklardan biridir. Uning kunlik terapevtik dozasi boshqa makrolidlarga qaraganda nisbatan oz, davolash kursi esa qisqa.
Eritromitsinga o‘xshab ta’sir mexanizmi, hujayra oqsil sintezini, ribosoma darajasida to‘xtatadi.
U grammusbat va bir qator grammanfiy mikroflaralarga shu jumladan ichak tayoqchalariga ham qarshi, faol ta’sir ko‘rsatadi.
Azitromitsin ichga qabul qilinganda, (40% gacha kirib boradi) tezda turli – xil to’qimalarga tarqalib, konsentratsiyasi qon tarkibidagiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Veterinariyada teri infeksiyalarida tavsiya etiladi yuqori dozasi 10-15 mg/ kg, terapivtik 5-7 mg/kg. Davolash kursi 5-7 kun davomida 0,125 va 0,25 g kapsula, 0,5 g tabletka shakllarida ishlab chiqariladi.
Tilozin guruhi preparatlari – ushbu makrolidlar guruhiga (Streptomyces fradie) zamburug‘ mahsulotlaridan olinadigan antibiotiklar bo‘lib, tarkibida asosiy ta’sir etuvchi vositasi, tilozindir.
Vakillaridan tilozin (Tylosinum; AQSH), spiramitsin (Streptomycini fransiya), farmazinlar (Pharmasini bir qator xorijiy davlatlar, shu jumladan Bolgariya) va fradizin ( Phradisinum; Rossiya )
Mikoplazmozga sezilarli qarshi ta’sirga ega ko‘p miqdorda o‘pka va ichaklar devorida to‘planadi. Keyingi paytlarda tilozinli antibiotiklarni buzoq va cho‘chqa bolalari oshqozon – ichak kasalliklarida qo‘llash, samara bermoqda.
Farmazin tarkibini 50% tilozin tashkil qiladi. Uni suvga aralashtirib ichga ichish uchun, hamda sterillangan eritma shaklida mukul orasiga in’eksiya qilib qo‘llaniladi. Shuningdek uni og‘iz orqali tilan nomi bilan hamda tilozin in’eksiya uchun deb, AQSH litsenziyasi bilan ko‘plab xorijiy mamlakatlarda qo‘llash uchun ishlab chiqarilmoqda.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin