Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Gentamitsin sulfat (Gentamycini sulfas)



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə136/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Gentamitsin sulfat (Gentamycini sulfas) suvda yaxshi, spirtda erimaydigan, oq kukun. Boshqa aminoglikozidli antibiotiklar kabi, yuqori mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega preparat.
Uni terapivtik dozada in’eksiya qilinganda organizmda 1 soat ichida ta’siri namoyon bo‘lib, 8-12 soatgacha davom etadi.
Bronxopnevmaniya, peritonit, septitsemiya, yarali infeksiyalar, nafas yo‘llari infeksiyasi, salmonellyoz va boshqa shu kabi yuqimli kasalliklarda davolovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Sinergist sifatida, ampitsillin va karbenitsillin bilan birgalikda, muntazam qo‘llanib kelinmoqda. Shuningdek gentamitsinni aerozol shaklida va turli tilozin yoki farmazin bilan birgalikda inkubatsiya tuxumlarini zararsizlantirish maqsadida kasalliklarni (likoplazmoz) oldini olish va davolash maqsadlari ham qo‘llaniladi.
Gentamitsin 4%
In’eksiya uchun eritma
1 ml preparat tarkibi:
Gentamitsin 40 mg
Farmakologiyasi: Gentamitsin keng doiradagi mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan preparat. Penitsillin va boshqa antibiotiklarga nisbatan chidamli stafilokokk shtammlarini nisbatan; ba’zi streptokokklar bo‘lgan, hamda ko‘pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko‘k yiring tayoqchasi, klebsiella, enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori, samarali ta’sirga ega. Antibiotik anaerob bakteriyalar, viruslar, sodda hayvonlar va zamburug‘larga ta’sir etmaydi. Preparat yuqori bio o‘zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga yuborilganda ko‘pgina a’zo va to‘qimalar ichiga yaxshi kirib boradi. Preparatning qondagi yuqori miqdori yuborilgandan so‘ng 30-60 daqiqa o‘tgandan keyin erishiladi. Bir martalik in’eksiyadan so‘ng antibiotikning organizmdagi davolovchi miqdori 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqib, siydik tarkibida uning yuqori miqdori hosil bo‘ladi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma: Gentamitsinning 4% li eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli hayvonlar, ot, cho‘chqa, it va mushuklarning respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, pielonefrit, artrit, poliartrit va dermatit hamda gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan yuzaga keladigan boshqa hayvon kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin