Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Oksatetratsiklin (terramitsin )



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə132/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Oksatetratsiklin (terramitsin ). Barcha hayvonlarga o‘rtacha -5000-10000 TB/kg, muskul orasiga.
Tetratsiklin (Tetracyclinum). Sariq tusli ignasimon kukun bo‘lib, hidsiz, achchiq ta’mga ega, suvda kam, spirtda qiyin eriydigan, kislotali muhitga chidamli.
Tetratsiklin gidroxlorid (Tetracyclinum hydrochloridum). Tetratsiklindan farqi suvda yaxshi eriydi va shu tufayli uni muskul orasiga hamda ingalyasion usullarda qo‘llash mumkin.
Oksitetratsiklin gidroxlorid (Oxytetracyclinum hydrochloridum), Xloretratsiklin gidroxlorid (Chlortetracyclinum hydrochloridum).Ushbu preparatlar bakterialarga qarshi ta’sir doirasi bo‘yicha tetratsiklinga yaqin.
Morfotsiklin (Morfocyclinum). Tetratsiklinning sun’iy o‘xshashi hisoblanadi. Tuq sariq ko‘rinishda bo‘lib, achchiq ta’mga ega, suvda yengil eriydi. Kislotali va ishqorli eritmalarda tezda buziladi. Bakterialarga qarshi ta’sir etish doirasi boshqa tetratsiklinlarga o‘xshash bo‘lib, ammo u organizmga yuborilganda uning qonda tezda konsentratsiyasi namoyon bo‘lib, davolash samaradorligi yuzaga keladi. Xususan uni ko‘proq sepsis holatlarida tavsiya etiladi.
Metatsiklin gidroxlorid (Methacyclini hydrochloridum). Yarim sun’iy tetratsiklin bo‘lib, oksitetratsiklinga yaqin. Boshqa tetratsiklinlardan farqi ichga yuborilganda yaxshi so‘riladi hamda qonda uzoq saqlanadi. Asosan ichga tavsiya etiladi. Dozasi 5-7 mg/kg, 1 kunda 2 marta. Kapsula shaklida 0,15-0,3 g miqdorlarda ishlab chiqariladi.
Doksitsiklina gidroxlorid (Doxycyclini hydrochloridum). Oksitetratsiklinning yarim sun’iy o‘xshashi. Yuqori mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega. Xususan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan ta’siri yuqori. To‘qima to‘siqlari orqali yaxshi utadi, shu tufayli organizmda tez va to‘liq so‘riladi. Organizmda ta’siri 24 soatdan yuqori vaqt maboynida saqlanadi. Boshqa tetratsiklinga qaraganda zaharlilik darajasi yuqori. Uning salbiy ta’siri natijasida organizmda oshqozon ichak tizmida buzilishlar (qusish, diareya), jigarni zaharlanishi, gemolitik anemiya, teri sezuvchanligini oshishi va boshqalar ko‘zatiladi. Shuningdek boshqa tetratsiklinlar qatori penitsillinlar bilan kelishmovchiliklarga ega. Amaliyotda brutsellyoz, vobo, o’lat, leptospiroz va boshqa yuqumli kasalliklarda birlamchi preparat sifatida tavsiya etiladi. U asosan organizmga vena qon tomiri orqali 3 mg/kg dozada, 5-7 kun davomida 1 martadan yuborish tavsiya etiladi. Itlar leptospirozida 3-5 mg/kg dozada yuboriladi. Kapsula, tabletka va ampulalarda 0,1 g miqdorda ishlab chiqariladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin