Tetrasiklinlar sinfi, preparatlari va hayvonlarga turli shakllarda retseptlar yozish. Tetratsiklin preparatlari penitsillinlarga qaraganda ta’sir etish doirasi kengroq, ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham shuningdek ular kislotaga chidamli bakteriyalar, rikketsiyalarga va ayrim yirik viruslarga ham bakteriotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriolitik ta’siri bakteriostatik ta’siridan 10 martaga kuchliroq. Tetratsiklinlar bir-biridan o‘ziga xos mikroblarga bo‘lgan qarshi ta’sirlariga qarab, organizmga so‘rilishi va undan ajralib chiqish tezligiga qarab hamda organizmda parchalanishi va zaharliligiga qarab ajratiladi.
Tetratsiklinlarga mikroorganizmlarni o’rganib qolish holati asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Ushbu preparatlarning ta’sir mexanizmi asosini mikroorganizmlarda ribosomalar darajasidagi oqsil sintez bo‘lishini bo‘zadi. Tetratsiklinlar organizmga qaysi yo‘llar bilan yuborilishidan qat’iy nazar, ular qonda o‘zining yuqori konsentratsiyasini hosil qilib barcha organ va to‘qimalarga (bosh miya va orqa miyadan tashqari) kirib boradi. Shuningdek ular platsintar devor orqali yengil o‘tsa, gematoensefalitik devoridan esa faqatgina bir qator yuqumli kasalliklar hamda organizm zaharlanishlarida o‘tish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ushbu antibiotiklar kalsiy, temir va boshqa og‘ir metall ionlari bilan birikib, qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Shu tufayli ularni ichga sut bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Organizmga ushbu antibiotiklar og‘iz orqali yuborilganda ularning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi 1,5-4 soat o‘tgandan so‘ng namoyon bo‘lib, terapevtik samaradorligi 8-12 soatgacha saqlanadi. Muskul orasiga yuborilganda esa ta’siri 12-24 soat davom etadi. Ingalyasiya qilinganda esa ularning yuqori konsentratsiyasi o‘pkada bo‘lib, unda 36-48 soat davomida saqlanadi. Barcha holatlarda ham tetratsiklinlar 6-7 kun davomida saqlanib, bosh miyada yosh hayvonlarda esa bosh miya to‘qimalarida ham borligi aniqlangan. Shunga muvofiq hayvonlarni go‘shtga so‘yish, preparat yuborilgandan so‘ng 7 kun o‘tgandan keyin amalga oshirish tavsiya etiladi. Tetratsiklinlar veterinariya amaliyotida barcha turdagi uy hayvonlari, yirtqichlar hamda parrandalarning bakteriali, virusli infeksiyalarda, barcha yuborish usullari orqali keng qo‘llaniladi.
Tetratsiklinlarning salbiy ta’sirlaridan disbakterioz, jigarning zaharlanishi hamda embratoksik ta’sir xususiyatlarining mavjud ekanligidir.
Tetratsiklinlar har xil shakllarda tashqi va ichki tomonlarga keng qo‘llaniladi. Ko‘z kasalliklarida esa maz (malhamlari) va liniment shakllarida ham ishlatiladi.
Preparatlari: tetratsiklin, tetratsiklin gidroxlorid, oksitetratsiklin digidrat, tetratsiklin, terramitsin gidroxlorid, xlortetratsiklin, biomitsin, morfotsiklin, metatsiklin, dioksitsiklin gidroxlorid, dibiomitsin.
Misol tariqasida: Xlortetratsiklin gidroxloridning qo‘llash dozalari.
-qoramollarga – 0,01- 0,02 / kg.
-qo‘ylarga - 0,007-0,01/ kg
-parranda - 0,02-0,03 / kg, kuniga 2 marta – per os .
Dibiomitsin – muskul orasiga:
-qoramollarga – 20.000 – 30.000 – TB/kg.
-qo‘ylarga -30.000 -50.000 TB/ kg.