6-amaliy mashg’ulot: Streptomisinlar va levomitsinlar sinfi, preparatlari va hayvonlarga turli shakllarda retseptlar yozish.
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashg’ulotda talabalarga antibiotiklar, ularning sinflari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Har xil usullarda retseplar yozadi.
Darsning o’tkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha nomlarini yozish.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar: Streptomitsin sulfat, digifostreptomitsin sulfat, levomitsetin va boshqa preparatlari jadvallar, plakatlar.
Antibiotik preparatlarning katta guruhini tashkil qilib, turli mikroblarga qarshi ta’sir xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar hisoblanaladi.
O‘simlik dunyosida, glikozidalar keng tarqalgan glikozidlar orasida ko‘plab biologik faol moddalar–vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar, alkaloidlar va boshqalar mavjud bo‘lib, ular tibbiyot va veterinariya amaliyotida, kasalliklarni davolovchi vositalari sifatida qo‘llaniladi.
Birinchi glikozidli antibiotik – streptomitsin bo‘lib, u 1944 yili Vaksman tomonidan ajratib olingan, streptomitsinning organik asosi glikozid bo‘lib, 4 qismdan iborat:
Streptomitsin va uning unumlari, yuqori mikroblarga qarshi ta’sir etishi doirasiga ega. Ko‘plab grammusbat va bir qator grammanfiy mikroorganizmlarga, xususan penitsillinga chidamli bo‘lganlariga ham samarali faol ta’siri mavjud.
Streptomitsinlar asosan sil (tuberkulez) kasalligini davolashda ko‘proq tavsiya etiladi, chunki ushbu antibiotiklar kislota chidamli bakteriyalarga ham antimikrob ta’sir ko‘rsatish xusiyatiga ega. Sil tayoqchasi ham kislotaga chidamli hisoblanadi.
Tibbiyot va veterinariya amaliyotida, streptomitsin sulfat; streptosulmitsin sulfat va boshqa aralashmali preparatlari–streptomitsin tuzini saqlaydi, digidrostreptomitsin va streptomitsin ta’siriga sinergist bo‘lgan benzilpenitsillin preparatlari qo‘llaniladi. Ta’sir mexanizmida, mikrob hujayrasidagi oqsil sintezlanishini, ribosoma darajasida to‘xtatadi. Uning zaharlovchi va allergik salbiy ta’sirlari mavjud. Bunday hususiyatlaridan eng asosiysi, hayvonda eshitish qobilyatini buzulishidir. Steptomitsinlarni yuqori dozada, uzoq vaqt mobaynida qo‘llash natijasida, ovozni eshitmaslik, karlik kelib chiqadi. Yana shuni ta’kidlash keraki, ushbu guruh preparatlarini ingayasiya usulida qo‘llash paytida, xizmat ko‘rsatuvchilarni xavfsizligini ta’minlashga e’tiborni qaratish lozim.
Preparatlari: Streptomitsin sulfat (Streptomycini sulfas), Streptomitsinni xlor kalsiyli yig‘masi-(Streptomycini et Calcii chloridum)
Barcha Streptomitsinlarning faolligi bir hilda bo‘lib, 1 TB = 1 mkg ni tashkil etadi. Streptomitsinni xlor kalsiyli yig‘masi 1000 TB= 730 mkg.
Streptomitsinlar kolibakterioz, salmanellyoz, mastitlar va pnevmaniya kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llansada, ushbu preparatlarni birinchi o‘rinda turuvchi, silga qarshi vositalar ekanligini unutmasligimiz lozim. Iloji bo‘lsa ularni, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarda qo‘llamagan ma’qul.