Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Qo‘llash tartibi va miqdori



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə137/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Qo‘llash tartibi va miqdori: Preparat mushak ichiga quyidagi dozalarda qo‘llaniladi:
- yirik qoramol, mayda shoxli hayvonlar (qo‘y, echki), ot va cho‘chqalarga:
hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-0,75 ml eritma (1 kg tana vazniga 2-3 mg gentamitsin) kuniga ikki marta,
- it va mushuklarga: birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga bir marta.
Yangi tug‘ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun.
Amikatsin sul’fat (Amikacini sulfas). Kanamitsinni yarim sun’iy unumi. Yuqori mikroblarga qarshi ta’sir doirasida ega bo‘lgan preparat. Ko‘plab kasallik chaqiruvchilarga, gentamitsin, sezimitsin va tobromitsin kabi samarali ta’sir ko‘rsatadi. Organizmdagi ta’siri 10-12 soatgacha davom etadi. Boshqa aminoglikozidlar kabi yuqori zaharlilik hususiyatiga ega.
Preparat muskul orasiga vena qon tomirigava bo‘shliqqa yuborilib qo‘llaniladi.
Dozasi: bir kunda 5-7,5 mg/ kgdan 2 marta. U 100 va 500 mgli flakonlarda ishlab chiqariladi.
Oxirga yillarda veterinariyada, aminoglikozidlardan, tobramitsin
(Tobramycinum), sizomitsin sul’fat (Sisomycini sulfas) preparatlari, sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu preparatlarni aralash infeksiyalarga samarali ta’siri namoyon bo‘lmoqda.


Levomitsinlar sinfi, preparatlari va hayvonlarga turli shakllarda retseptlar yozish.
Antibiotiklarning katta gruhi vakillari ichida, hushbiy qator birikmalaridan xloramfenikol yoki levomitsetin, 1947 yildan boshlab qo‘llanilib kelinmoqda.
Levomisetin birinchi antibiotiklardan bo‘lib, kimyoviy sintez qilish sanoat asosida yulga qo‘yilgan.
Levomisetin va uning preparatlari hayvonlarning ko’plab bakteriali infeksiyalarida, yuqori faolikka ega. Shu bilan birgalikda ularning ko‘zga ko‘rinadigan ichaklar shilimshiq pardalarini qitiqlash, disbakterioz qonda toksik ta’sirini namoyon bshlishi kabi salbiy ta’sirlari ham mavjud.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin