Levomitsetin (Laevommycetinum). Sun’iy vosita suvda kam, spirtda yengil eriydigan, oq – yengil sariqsimon, achchiq ta’mga ega bo‘lgan kukun. Ta’sir mexanizmi, mikroorganizm tarkibidagi oqsil sintezini buzishi bilan bog‘liq yuqori ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotik hisoblanadi ko’plab grammusbat va grammanfiy bakterial, rikketsiya, spiroxeta va bir qator yirik viruslarga qarshi samarali ta’sirga ega. Penitsillin, streptomitsin va sulfanilamid preparatlariga chidamli bo‘lgan, mikrob shakllariga ham qarshi ta’sir kursatadi.
U oshqozon – ichaklar tizimidan tezda so‘rilib, barcha organ va tuqimalarga tarqaladi. Gemotoensefalitik tusiqdan ham o’ta oladi. Organizmdagi terapevtik samaradorligi 5-7 soatgacha davom etadi. Organizmdan tezda, buyraklar orqali ajralib chiqadi.
Hayvonlar va parrandalarni ko‘plab bakteriyali infeksiyalarida: dispepsiya, salmonellyoz, kolibakterioz, sanchiqli ich ketish, leptospiroz, pasterellyoz, bronxopnevmaniya va siydik yo‘llari infeksiyalarida qo‘llaniladi. Aerozol shaklida: levovinizol, lergazol, olazolva boshqa preparatlari hamda mazlari mavjud.
Simtomitsin (Synthomycinum).Kimyoviy tuzilishi jihatdan, levomitsetindan farq qilmaydi. Simtomitsin levomisetindan ikkita izomerlari aralashmasidan iborat. Oq yoki ko‘kimtir – sariq tusli, suvda erimaydigan kukun. Mikroblarga qarshi ta’siri bo‘yicha levomisetinga o‘xshash. Uni liniment va emulsiya shakllarida, tashqi tomondan yiringli yaralarni, teridagi yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash maqsadida tavsiya etiladi.
Har – xil guruhga mansub antibiotiklar. Linkomitsin gidroxlorid (Lincomycini hydrochloridum). Tabiy antibiotik suvda yaxshi, spirta yomon eriydigan, oq stafilokoklar, streptokoklar, inevmokoklar, difteriya tayoqchalari, ba’zi anaeroblar, shu jumladan gazli gangrena va qotma kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi faol ta’siri mavjud. Terapevtik dozalarida, bakteriostatik (bakteriyalar o‘sishini) ta’sir etadi.
Ta’sir mexanizmi, bakteriya hujayrasidagi oqsil sintezini to’xtatishi bilan bog‘liq. 1 TB = mkg.
Uni organizmga qaysi usul bilan yuborishdan qat’iy nazar u tezda barcha organ va to‘qimalarga o‘tib asosan suyak to‘qimalarida ko‘proq to‘planadi.
Lenkomitsin asosan bronxopnevmaniya teridagi yiringli infeksiyalar, respirator mikoplazma kabi kasalliklarda qo‘llaniladi.
Og‘iz orqali va muskul orasiga yuborib qo‘llash tavsiya etiladi.
Dozasi ichga 15-20 mg/kg, muskul orasiga 10 mg/kg, 1 kunda 2 marta.
Shuningdek ushbu guruhga kiruvchi fuzidin – natriy (Fusidinum - natrium), gemomitsinli maz (Unguentum Heliomycini), tiamulin (Thamulinum), kabi preparatlari mavjud.