Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə143/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Butachem-50 inyeksiyauchuneritmada 1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi.
Farmakologik xususiyatlari: Butachem-50 ham shizontlar bosqichidagi, ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Butachem-50 ning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Butachem-50 ni qo’llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o’tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olibkeladi. Shu bilan birga, butachem-50 teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi. Mushak ichiga kiritilganda preparat to’qimalarda uzoq saqlanadi. Butachem-50 ning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin.
Qo’llash tartibi va miqdori: Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida muskul orasiga qo’llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg butachem-50 ni tashkil etadi. Og’ir holatlarda preparat ikkinchi marotaba 48-72 soatdan so’ng, xuddi shunday dozada takroriy qo’llanadi.
Alohida ko’rsatmalar. Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni yuborish tavsiya etilmaydi. Zarur bo’lganda, yuborilgan doza yarmisidan bo’linadi.
IMISAN
1 ml preparat tarkibida imidokarb dipropionat 120 mg saqlaydi. «Imisan» yirik shoxli hayvonlar va mayda shoxli hayvonlar, otlar va itlarning qon parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash tartibi va miqdori: «Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo‘yin sohasiga, mushak ichiga (qoramol, otlar va qo‘ylar) yoki bo‘yin sohasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:


Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin