Darsning o’tkazish usuli: laboratoriya mashg’ulot paytida talabalarga qaynatma va damlama tayyorlanish texnologiyasi bo’yicha qoidalari tushintirilib, mustaqil ravishda ushbu dori shakllarini o’zlari tayyorlashadi.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar : Maydalangan adonis (sug’ur o’ti), qaynoq suv, har xil hajmdagi shisha idishlar, infundir uskunai, suzgichlar:
Damlama – Infusum – suv yordamida uzoq vaqt qaynatish yuli bilan dorivor o’simliklar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni ajratib olishdan hosil bo’ladigan suyuq dori shaklidir.
Bu shakldagi dori vositalarini amaliyotda barcha turdagi hayvonlarga ichirish va qisman tashqi tomonga qabul qilish uchun qo’llaniladi.
Damlamalar ichirilganda tarkibidagi fiziologik aktiv moddasi organizmga surilib tezda ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’ladi. Shu sababli dorivor o’simliklar miqdori damlama tayyorlashda 1/3 yoki 1/4 qismga kamaytiriladi.
Damlamalar asosan tashqi tomonga teri yallig’lanishlarida, yaralarni davolashda, ichga esa umumiy ta’sir ko’rsatish uchun qo’llaniladi.
Dorivor o’simliklar tarkibida alkaloidlar, glikozidlar,saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham mavjud bo’lishi mumkin, lekin bu moddalar qaynatish natijasida parchalanib ketadi. Damlamalar asosan o’simliklarning nozik qismlaridan ya’ni bargidan, gulidan, mevasidan olib tayyorlanadi.Damlama tayyorlashda o’simlikning tuliq ta’sir etuvchi moddasi ajratib olinadi.
Damlama tayyorlashda olinadigan o’simlik tarkibida zaharli ta’sir etuvchi moddalar bo’lsa 1:400, kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo’lsa 1:30 va qolgan barcha o’simliklar uchun 1:10 nisbatda olinib tayyorlanadi.
Damlama qaynoq yoki issiq suvda damlanadi.
Topshiriq: Sug’ur utidan damlama tayyorlash uchun 3 gramm maydalangan adonis (sugur ut) olinadi va infundirga solinib, ustidan 1:30 nisbatda qaynoq suv solinadi va unga damlamani tayyorlash paytida suvni parlanishi hamda quruq maydalangan adonisni namlanish va so’zish paytidagi suzgichda sarflanadigan suvni hisobga olib, qo’shimcha 20% suv solinadi so’ngra yaxshilab aralashtiriladi. Shundan so’ng infundir uskunasida 15 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so’ng 45 daqiqa mobaynida damlama sovutiladi, chunki o’simlik tarkibidagi barcha kerakli vositalar suv tarkibiga chiqadi.
Damlama sovutilgandan so’ng toza idishga suzgichlar yordamida solinadi va oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi.
Damlamalar retseptlarda qisqa shaklda, dozalarga bo’linmagan usulda yoziladi va ularni kupi bilan 2-3 kunga muljallab tayyorlab beriladi.
Chunki damlamalar tez buziluvchan bo’ladi.
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi S.Ayniy ko’chasi 11 uy
10
20--------- 04
02
Itga, lakabi «Yo’lbars», egasi Azimov A.
Bobur ko’chasi 23 uy
Vetvrach Xoliqov A.
Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 90,0
D.S. Ichga har kuni 1 osh qoshig’idan 3 mahal
# yoki Rp: Herbae Adonidis vernalis - 3,0
Aquae coctae – 108,0
M.f. Infusum
D.S. Ichga, har kuni 1 osh qoshiqdan 3 mahal.