# yoki: Rp.: Emulsi oleii lini – 100,0
D.S. Ichga, 20 grammdan ertalab va kechqurun ichirilsin.
# Otga
Rp.: Olei Ricini – 200,0
Gelatosae – 100,0
Aquae destillatae – 1000,0
M.f. emulsum
D.S. Ichga, bir martaga qabul qilish uchun.
Shilimshiq modda – Mucilagines Kerakli jihozlar: kartoshka kraxmali, sovuq va qaynoq suv, aralashmani qaynatish uchun maxsus idish, yorliq (etiketka).
Shilimshiq modda bu – suv yordamida o’simliklar tarkibidagi yopishqoq moddalarni ajratib olishdan hosil bo’ladigan kolloid kurinishdagi suyuqlik shakli bo’lib, tarkibida kraxmal saqlaydigan o’simliklardan olib tayyorlanadi.
Shilimshiq moddalarni ajratib olish uchun uzoq muddat mobaynida qaynatiladi.
Shilimshiq moddalar yopishqoqlik xususiyatlari tufayli kuchli adsorbsiya qilish xususiyatiga ega bo’ladi.
Bu moddalar bilan yallig’langan to’qimalar yopilganda tashqi tomondan bo’ladigan har xil qo’zg’atuvchilardan va shikaslanishlardan saqlaydi. Shuningdek ular harorat utkazuvchanlikni pasaytirib, og’riqni pasaytiruvchi va yallig’lanishlarga qarshi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Shilimshiq moddalar ko’p hollarda kuydiruvchi va qo’zg’atuvchi vositalarga erituvchi vosita sifatida, rektal usulda qo’llanganda esa o’rab oluvchi vosita sifatida amaliyotda qo’llaniladi.
Topshiriq: 2% li kartoshka kraxmalidan shilimshiq modda tayyorlash uchun:
2,0 kartoshka kraxmali ulchab olinadi va 8 ml sovuq suv bilan aralashtiriladi, so’ngra ustidan 90 ml qaynoq suv solinadi va aralashma uzoq qaynatiladi. Hosil bo’lgan shilliq modda maxsus idishga solinib oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi.
Retsept:
Rp.: Amyluni Solani – 2,0
Aquae destillatae – 8,0
Aquae coctae – 90,0
M.f. Mucilagines
D.S. Erituvchi sifatida qo’llash uchun.
4-Labarotoriya mashg’uloti: Nastoyka bo’tqa (kashki) tayyorlash texnologiyasi.
Darsning maqsadi: 1. Bo’tqa tayyorlash texnologiyasini o’rganish va ularni qo’llanishi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
Liniment tayyorlash texnologiyasini va ularni qo’llanishi to’g’risida ma’lumotlarni o’rganish.
Laboratoriya usulida tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.