Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-Labarotoriya mashg’uloti: Liniment maz va pasta tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə162/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

5-Labarotoriya mashg’uloti: Liniment maz va pasta tayyorlash texnologiyasi.
Darsning maqsadi: 1. Liniment tayyorlash texnologiyasini o’rganish va ularni qo’llanishi to’g’risidagi ma’lumotlar.
2. Tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
3. Liniment tayyorlash texnologiyasini va ularni qo’llanishi to’g’risida ma’lumotlarni o’rganish.
4. Laboratoriya usulida tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
Darsning o’tkazish usuli: Amaliy mashg’ulot darsida o’qituvchi talabalarga dori shakllari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi va birgalikda tayyorlanish texnologiyasini o’rganishadi.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar : Kalomel kukuni, bug’doy uni, gulxayri kukuni, o’simlik moyi, novshatir spirti, dorivor vositalar, toza ixtiyol, vazelin, salisilat kislotasi, rux oksidi,xavoncha, shisha idishlar, Toza ixtiyol, vazelin, salisilat kislotasi, rux oksidi, kartoshka kraxmali, tarozi va uning toshlari, maxsus shisha idishlar va sariq tusdagi qog’oz yorlig’i.


Liniment - Linimentum (bosh kelishik, birlikda)
Linimenti (qaratkich kelishik, birlikda)
Linimentlar - suyuq surtma bo’lib, tarkibida suyuq dori vositalari, hamda ishqor va o’simlik moylaridan tashkil topgan yumshoq dori shaklidir.
Linimentlar shaklida teri yuzasini qitiqlovchi (novshatir spirti, skipidar) yallig’lanishlarga qarshi vositalar (ishqorlar) va qichimaga qarshi (oltingugurt, degot va boshqa) vositalar tavsiya etiladi.

  1. Novshatir spirti - Ammonium causticum solutum

  2. Skipidar- Oleum Terebinthinae

  3. Xloroform-Chlorophormium

  4. Efir-Aether

Tarkibiy qismlariga qarab linimentlar quyidagilarga ajratiladi.

  1. Yog’li linimentlar-Olielinimenta

Tarkibini asosan o’simlik (kungaboqar, kunjut, paxta) moylari tashkil etib, dorivor vositalar sifatida ularga ishqorlar, efir moylari, terpenlar, ixtiyol, degot va xloroformlar qushilib tayyorlanadi.

  1. Lanolinli linimentlar -Lanolinimenta

Tarkibini asosan o’simlik moylari emas balki lanolin tashkil etadi.

  1. Sovunli linimentlar - Sapolinimenta

Tarkibiy qismini asosini suvli yoki spirtli sovun eritmasi tashkil etadi.
Linimentlar asosan barcha turdagi hayvonlarga tashqi teri yuzasiga qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Chunki ular teri yuzasida tekis va tezda surtiladi.
Yog’li va lanolinli linimentlar asosan teri kuyganda hamda teri yuzasida o’tkir yallig’lanishlar sodir bo’lganda qo’llanilsa, sovunli linimentlar esa parazitar ya’ni qichima va bitlashlarda qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Uchuvchan liniment tayyorlash :
Topshiriq:

  1. Navshatir spirti - 2,5

  2. Paxta moiy - 7,5 olinib aralashtiriladi va maxsus shisha idishga solinib sariq rangdagi yorliq yopishtiriladi.

Retsept:
Rp.: Ammonii caustici soluti – 2,5
Oleii Gossypii - 7,5
M.f. Olielinimenta
D.S. Teri yuzasiga 1 kunda 2 mahal surtish uchun.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin