Dori moddalarni organizmga yuborish yo‘llari. Dorilar hayvonlarga turli yo‘llar bilan qo‘llanishi mumkin.
1.Og‘iz orqali. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, suyuq, yumshoq, qattiq dori shakllari hamda kuchli qitiqlamaydigan va kuydirmaydigan toza holdagi dorilar qo‘llaniladi. Suyuq dori shakllari shisha, qoshiqlar, rezina shisha yoki zondlar yordamida qo‘llaniladi .
Dorilar og‘iz orqali qo‘llanilganda agar oshqozon va ichaklar shilliq pardasini qitiqlasa, ovqatdan keyin (temir, yod, kamfora), agar qitiqlash xususiyatiga ega bo‘lmasa, ovqatdan oldin (o’rab oluvchi, burushtiruvchi, shilliq moddalar) qo‘llaniladi. Og‘iz orqali qo‘llaniladigan dorilar organizmga mahalliy rezorbtiv va reflektor ta’sir etadi.
2. Tashqi tomonga. Bu yo‘l bilan maz, pasta, liniment, eritmalar, kukunlar mahalliy, reflektor va qisman rezorbtiv ta’sir uchun qo‘llaniladi. Teri orqali terini yog‘larida yaxshi eriydigan dorilar tez so‘riladi. Eritma yoki emulsiya shaklida dorilar teriga puflash, yuvintirish, cho‘miltirish yoki aerozol yo‘llar bilan qo‘llaniladi. Buning uchun maxsus uskunalar pulverizatorlar, gidropultlar, avtomashinalardan foydalaniladi.
3. Shilliq pardalar orqali. Bu yo‘l bilan og‘iz bo’shlig‘i, ko‘z, burun, siydik yo‘llariga dorilar patologik holatlarda mahalliy ta’sir uchun va rezarbtiv ta’sir uchun qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan suyuq dori shakllari, qisman kukunlar va svechalar qo‘llaniladi.
4.To‘g‘ri ichak orqali. To‘g‘ri ichak o‘zidan sekret chiqarmaydi, shuning uchun dorilar ferment va shiralar ta’siriga uchramaydi. To‘g‘ri ichak orqali dorilar qo‘llanilganda, qon tez so‘riladi va og‘iz orqali qo‘llanilganiga nisbatan ta’siri tez bo‘ladi. Lekin bu yo‘l bilan qitiqlovchi dori qo‘llanilsa, defekatsiya akti chaqirishi va shilliq pardalar yallig‘lanishi mumkin.
Rektal yo‘l bilan mahalliy (svechalar), reflektor (sovunli suv va glitserin) va rezarbtiv ta’sir etish uchun qo‘llaniladi. Rektal yo‘l bilan dori Esmerx kurushkasi yordamida antimikrob, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi. Suyuqliklar miqdori 10 ml dan 2 litrgacha bo‘lishi mumkin.