Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə10/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Optimal doza- bu dorilarni o‘rta miqdorda qo‘llaydigan dozasi bo‘lib, vrachlar asosan shu dozani davolash maqsadida ko‘p qo‘llaydi.
Maksimal dozabu eng baland cho‘qqisi bo‘lib, yana sal ko‘paytirganimizda bu hayvonning salomatligiga zarar etkazadigan bo‘ladi. O‘rtacha doza esa davolashning eng qulay dozasi bo‘lib, hayvonning salomatligiga zarar tegizmasdan kasal organizmga yaxshi davolash ta’sirini o‘tkazadi.
Har xil dorilar dozasini ko‘paytirish yoki kamaytirish natijasida ularning ta’siri ham o‘zgaradi.
Misol: aroqni kamroq qabul qilganda u energetik ta’sir qilib, ko‘proq qabul qilganda esa narkotik ta’sirini ko‘rsatadi. Saburni kam qabul qilganda ovqat hazm qilishni yaxshilatsa, ko‘proq qabul qilganda ich surish ta’sirini ko‘rsatadi. Hayvonlarning faqat turiga qarab ularning tirik og‘irligiga qaramasdan dozasini aniqlash mumkin emas, chunki bir turdagi hayvonlarning tirik og’irligi har xil bo‘lishi mumkin.
Misol: otlar 280-300 kg, yirik shoxli mol 300-700 kg. Hayvonlarning tirik og’irligi qancha ko‘p bo’lsa beriladigan dorilarning dozasini ham o‘shanga ko‘paytirish kerak. Shuning uchun ko‘pincha doza mollarning 1 kg tirik og’irligiga qarab olinadi.
Shunga qaramasdan bu jarayon ham noto’g’ri bo‘lishi mumkin.
Misol: otlarga antigelmintik berish uchun 1 kg tirik og‘irligiga 0:1 fenotiazin beriladi. Agar otning tirik og’irligi 700 kg bo‘ladigan bo‘lsa fenotiazinning dozasi 70,0 bo‘lib ot uchun zaharli bo‘ladi.
Mayda otlarga (250 kg) doza 0,25 bo‘lib ta’sir qilmaydigan bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, fenatiozinning dozasini 1 kg tirik og’irligidan olib 30,0 kam 40,0 oshirmaslik kerak. Veterinariya qo‘llanmalarida ko‘rsatilgan dozalar urg‘ochi mollar uchundir. Erkak mollar urg‘ochi mollardan katta bo‘lganligi uchun dozalarni 10,25 % ko‘proq olish kerak. Yosh va qari mollar moddalarning zahariga sezgir bulganliklari uchun ularni ham dorilarining dozasini kamaytirib berish kerak. Ushanga uxshab kasal va orriq mollarga ham dozalarning pasaytirib berish kerak. Dorivor moddalarni davolash ta’sirida faqat ulari erib, qonga o‘tgandan keyingina boshlanadi. Qonga qancha tez o’tadigan bo’lsa, shunga qarab dorilarni og‘izdan, qonga, teri ostiga va boshqa usulda beriladi. Agar og‘izdan berilgan dori moddani 1 deb hisob qilganda, boshqa usulda berilgani qo‘yidagicha dozada bo’lar edi.

og‘izdan

1 doza vena ichiga

1-4 doza

Rektal

1. 1-2, 2 doza muskul orasiga

1-3, 1-2 doza

Teri ostiga

1-3, 1-2 doza traxeya ichiga

1-4 doza

Dori moddalar og’irligiga qarab aniqlanadi, suyuqliklarni hajmiga qarab, shuni esda tutish kerakki har xil suyuqlikning hajmiy og‘irligi bir xil bulmaydi.
Antibiotik, garmonlar bo’lsa TB bilan dozalari aniqlanadi, chunki ularning hajmi va og’irligi bilan aniqlab bo’lmaydi. 1 TB penitsillin 50 ml bo‘lsada zolotistiy stafilokokk mikrobning o‘sishini to‘xtatish miqdordadir.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin