Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar dozalarni to‘g‘ri berganda penitsillindan qo‘rqmasdan foydalanishimiz mumkin. Ammo arekolin va flavakridinnig dozasini sal oshirganimizda hayvonni zaharlashimiz yoki o‘ldirishiz mumkin.
Davolash dozalari bir marta 1 sutkaga yoki davolash davriga mo‘ljallanib beriladi.
Avval vrach tashxis qo‘ygandan keyin davolash dozasini aniqlash zarur (bir marta qabul qilingan) dozani shunday olish kerakki, u doza davolashga yaxshi bo‘lib kasal organizmga ham zarar etkazmasligi kerak.
Ko‘p mahallar davolash muddati uzoq bo‘ladi, bu mahalda dori moddalarining necha kun yoki soatda organizmdan chiqishini hisobga olib, necha kundan keyin yoki soatdan keyin davolash kursini davom ettirilishi aniqlanadi. Agar dorivor moddalar organizmda uzoq vaqt saqlanadigan bo‘lsa, davolash mahalida dori berish muddati uzun bo‘lib, davolash muddati qisqa bo‘ladi.
Kunlik doza – bu bir kunlik beriladigan dorining miqdoridir. Bir kunlik doza bir marta beradigan dorining 2-4 miqdoridan iborat bo‘ladi.
Davolash oldidan kunlik davolashda qancha dori ketishini ham bilish kerak. Bir xil dorilarning bir marta berilishi bir kurs davolashga teng bo‘ladi (gemosporidin – piroplazmoz kasalida) ko‘p mahalda hayvonlar, yaxshi bo‘lgancha dori berishni davom ettirish kerak bo‘ladi. Bu mahalda kursavoy doza har xil bo‘ladi. Oldini olish va davolash dozalari maksimal va minimal bo‘ladi.
Minimal doza – bu eng kichik doza bo‘lib, buni yana ham kamaytirsa u vaqtda bu davolash xususiyatini ko‘rsatmaydi.